Eksport krediti
Eksport krediti — eksportni ragʻbatlantirish vositasi sifatida oʻz mamlakatidan tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish maqsadlarida xaridorga yoki unga xizmat koʻrsatadigan bankka beriladigan kreditlar; firmaning Eksport krediti eksportyor nomidan taqdim etiladi, lekin bank tomonidan moliyalanmaydi. Bank Eksport krediti xorijiy xaridorlarga bevosita banklar tomonidan beriladi. Davlat Eksport kreditining xususiy banklar va xalqaro tashkilotlarning kreditlari bilan qoʻshilgan holda beriladigan koʻrinishlari ham bor. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Koʻkdumaloq neftgazkondensat konini oʻzlashtirish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gazkimyo majmui kabi korxonalar qurilishiga AQSH, Fransiya, Yaponiya va boshqalar davlatlarning eksportimport banklari katta miqdorda Eksport kreditilari ajratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |