Ekvadorlar
Ekvadorlar — xalq, Ekvadorning asosiy aholisi (6,6 mln. kishi). Umumiy soni 6,73 mln. kishi (1990ylar oʻrtalari). E.ning asosiy qismini ispanindeys metislari va indeyslar (asosan, kechua), qolgan qismi oq tanlilar (Yevropadan koʻchib kelganlar), mulatlar, negrlar, sambolar tashkil etadi. Ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |