Ekvatorial irq, negravstraloid irqi — Afrikaning tropik zonalari, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Okeaniya va Avstraliyada tarqalgan negroid va avstraloid irqlarning umumlashma nomi. Jingalak yoki toʻlqinsimon sochlari, terilari va koʻzining qoraligi, keng (yapasqi) burun, lablarining qalinligi bilan ajralib turadi.