Ekzo... (yun. yexo — tashqi, tashqaridan) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning birinchi qismi; tashqi, sirtqi, tashqaridagi hamda tashqi muhit bilan aloqa kabi maʼnolarni biddiradi (masalan, ekzobiologiya, ekzogamiya).