El Apóstol
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
El Apóstol (oʻzbekcha: Apostol) 1917-yilda ishlangan Argentina animatsion filmidir. Bu film dunyodagi birinchi toʻla metrajli multfilm hisoblanadi.
El Apóstol | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Quirino Cristiani |
Prodyuser(lar) | Federico Valle |
Animator(lar) | Quirino Cristiani |
Orqa fon | Andrés Ducaus |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 70 daqiqa |
Mamlakat | Argentina |
Til | Ovozsiz film |
Syujeti
tahrirArgentina prezidenti Xipolito Yrigoyen arshi aʼloga tushib qoladi. U Buenos-Ayresni korrupsiya va axloqsizlikdan tozalamoqchi boʻladi, ammo buning oʻrniga uni vayron qiladi[1][2].
Yaratilish tarixi
tahrirSiyosiy karikaturalarga ixtisoslashgan italiyalik muhojir Kvirino Kristiani 1916-yilda yana bir italiyalik, Argentina kinosining asoschilaridan biri Federiko Valle bilan uchrashdi. Uning rahbarligi ostida u „Buenos-Ayres provinsiyasiga bostirib kirish“ qisqa animatsion satirasini suratga oldi, shundan soʻng u kattaroq film yaratishga kirishdi.
Filmda 58 000 kadr bor edi, bundan tashqari, Kristiani binolar maketlaridan foydalangan. U siyosiy xronika masalalarida Valle tomonidan sinab koʻrilgan fototaxlash texnikasidan foydalangan. Rejissor tabiiy yorugʻlikda ishlash uchun uyining tomida suratga olgan.
Film biroz muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da, nusxalarning aksariyati oʻsha paytdagi odat boʻyicha sellyuloid taroqlarini yasashga ketgan. Saqlanib qolgan yagona nusxasi 1926-yilda Vallening studiyasida yongʻinda kuyib ketgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Bendazzi 1995, s. 49.
- ↑ Bendazzi 2017, ss. 33–34.
Adabiyotlar
tahrir- Bendazzi, Giannalberto. Cartoons: One Hundred Years of Cinema Animation. Bloomington: Indiana University Press, 1995. ISBN 9780253209375.
- Bendazzi, Giannalberto. Twice the First: Quirino Cristiani and the Animated Feature Film. CRC Press, 2017. ISBN 9781351371797.
Havolalar
tahrir