Elatan madaniyati
Elatan madaniyati — Ilk temir davriga oid arxeologik madaniyat. Elatan madaniyatiga doir yodgorliklar Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysidan topilgan. Elatan manzilgohida keng koʻlamli qazish ishlari olib borilgan. Bu manzilgoh uchburchak shaklda boʻlib, mudofa devori bilan oʻralgan. Mudofa devorlarining bir necha joylarida va darvoza burchagida burjlar aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom gʻisht va guvaladan foydalanganlar. Dehqonchilikda asosan bugʻdoy, arpa, sholi ekishgan. Chorvachilikda asosan mayda tuyoqli chorva mollari boqilgan. Sopol idishlar qoʻlda va kulolchilik charxida ishlangan. Toʻqimachilik ham rivojlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ N. A. Egamberdieva. Arxeologiya (Oʻquv qoʻllanma).Toshkent—2011.90-bet.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |