Elbek Mirzohidov (1978-yil 5-mayda tugʻilgan) – dublyaj aktyori[1]. 1995-1999-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat va madaniyat institutida taʼlim olgan. Faoliyatini qoʻgʻirchoq teatrida boshlagan. Bugungi kungacha 1 000 dan oshiq film,televizion serial va animatsion filmlarni ovozlatirish ishlarida qatnashgan. U ovoz bergan filmlardan „Uzuklar hukumdori“ trilogiyasi, „Harry Potter“ film qismlari, televizion seriallardan „Taxtlar oʻyini“, „Qish sonatasi“, „Jumong“, „Ichkarida“, „Chuqur“, animatsion filmlardan „Oʻyinchoqlar tarixi“, „Muzlik davri“, „Tom va Jerry“, „Kung Fu Panda“, „Madagaskar“ va boshqa filmlar oʻrin olgan[2][3].

Elbek Mirzohidov
Tavalludi 5-may 1978-yil (1978-05-05) (46 yosh)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi dublyaj aktyori
Faoliyat yillari 1998—hozirgacha

Manbalar

tahrir
  1. Mirzohidov, Elbek „Elbek Mirzohidov is an Uzbek voice actor.“. Qaraldi: 22-noyabr 2024-yil.
  2. https://kun.uz/uz/16886208 „Professional dublyaj va oʻzbekchaga oʻgirib ovozlashtirish – boshqa-boshqa narsalar“ – Elbek Mirzohidov bilan suhbat
  3. https://gulxan.uz/mashhurlar-bolaligi/sehrli-ovoz-sohibi[sayt ishlamaydi]