Eleanor Elizabeth Bourne
Eleanor Elizabeth Bourne (1878-yil 4-dekabr – 1957-yil 23-may) – avstraliyalik shifokor. U tibbiyot sohasida oʻqigan birinchi Queensland ayoli. Birinchi jahon urushi davrida koʻngilli boʻlib urushda qatnashgan avstraliyalik 15 nafar shifokor ayollardan biri[1].
Eleanor Elizabeth Bourne | |
---|---|
Tavalludi |
4-dekabr 1878-yil Janubiy Brisbane, Queensland |
Vafoti |
23-may 1957-yil (78 yoshda) Nundah, Queensland |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Kasbi | Shifokor |
Faoliyat yillari | 1916—1918 |
Unvoni | Mayor |
Hayoti va taʼlimi
tahrirBourne Avstraliyaning Queensland shtati, janubiy Brisbaneda tugʻilgan. Otasi John Sumner Pears Bourne yer komissiyasi sudining raisi boʻlgan, onasining ismi Jane Elizabeth[2]. Eleanor Bourne boshlangich maktabni aʼlo baholarga bitiradi, 1891-yilgi shtat imtihonida birinchi oʻrinni egallaydi. 1892-yilda Brisbanedagi grammatikaga moʻljallangan qizlar maxsus maktabiga oʻqishga kiradi. Bu yerdan tibbiyotga oid kitoblarni topa olmagani uchun, shifokor boʻlish niyatida Brisbanedagi boshqa oʻgʻil bolalarga moʻljallangan grammatika maktabiga oʻqishga kiradi. 1896-yilda oʻrta taʼlimni tugatib, oliy maʼlumotnoma olish uchun ariza topshiradi. 1896-yilda Sidney universitatida tibbiyot yoʻnalishida oʻqib, Queenslandning birinchi ayol shifokori boʻlishga erishadi. 1903-yil 6-iyulda tibbiy bakalavr va jarrohlik magistri darajalarida oʻqishni tamomlaydi. Oʻqish davrida tif kasaliga chalinib yotib qolganiga qaramay toʻrtta maʼlumotnomani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[1].
Karyerasi
tahrir1903-yildan Bourne Sidney ayollar kasalxonasida rezident tibbiy hodim sifatida faoliyat boshlaydi. 1907-yilda umumiy shifokor boʻlishdan avval Brisbenedagi bolalar shifoxonasida ishlagan. 1911-yilda xalq taʼlimi boʻlimida ishlaydi va Queensland boʻylab sayohat qilib bolalarni davolaydi. Departament bilan kelishmovchiliklar va ogʻir ish sababli u ish joyini oʻzgartirishga qaror qiladi hamda 1916-yilda Londondagi Qirollik armiyasi tibbiyot korpusiga tibbiy leytenat boʻlib qoʻshiladi. U oʻqigan Endell Street nomidagi London harbiy gospitali doktor Flora Myurrey va Luiza Garrett Anderson tomonidan tashkil qilingan va faqat ayollardan iborat[1][2]. 1917-yilda Bourne mayor unvonini olgan hamda Qirolicha Mary armiyasining qoʻshimcha korpusiga tibbiy nazoratchi sifatida hizmat qilgan. 1920-yilda Sogʻliqni saqlash boʻyicha hizmatlari uchun diplom olgan, keyinchalik faoliyatini Britaniyada davom ettirgan. 1937-yilgacha Carlisle shahrida shifokor yordamchisi hamda bolalar va onalar sogʻligiga maʼsul shaxs sifatida ishlagan. Nafaqaga chiqqandan soʻng yana Queenslandga qaytgan[2].
Vafoti
tahrirBourne 1957-yil 23-mayda Nundax xususiy shifoxonasida vafot etgan. Janubiy Brisbane qabristoniga dafn etilgan. U turmush qurmagan. Cook shahrining Canberra chakkasidagi Bourne koʻchasi uning nomiga atalgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Hamilton, Robyn „ELEANOR ELIZABETH BOURNE: A FEMALE DOCTOR'S EXPERIENCE IN WARTIME“. Queensland's World War 1 Centenary blog. State Library of Queensland (2015-yil 3-avgust). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Bell, Jacqueline „Eleanor Elizabeth Bourne (1878–1957)“, . Bourne, Eleanor Elizabeth (1878–1957). Canberra: National Centre of Biography, Australian National University.
- ↑ „Australian Capital Territory National Memorials Ordinance 1928-1972“. Australian Government Gazette. Periodic (National: 1974–1977) (1976-yil 13-aprel), s. 1. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.