Diatermokoagulyasiya
(Elektro koagulyasiyadan yoʻnaltirildi)
Diatermokoagulyasiya (dia... va grekcha: „therme“ — issiqlik, harorat va lotincha: „coagulatio“ — ivish), elektro koagulyasiya — tirik organizm toʻqimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok bilan quydirish; toʻqimalarni 80° gacha qizdirib, osqillarni ivitishga asoslangan jarrohlik usuli. Qon ketishini toʻxtatishda, odatdagi usullar bilan olib tashlab boʻlmaydigan oʻsmalar (masalan, teri, hiqildoq oʻsmalari), bachadon boʻynining eroziyalari, qovuq yarasi, teri leyshmaniozi, soʻgal, tish pulpasining yalligʻlanishi va boshqa kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. Kuydiriladigan toʻqima yirik tomirlar va nervlar yonginasida boʻlsa, diatermokoagulyasiyani tatbiq etish yaramaydi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |