Fizikada elektromagnit nurlanish (EMN) elektromagnit nurlanish energiyasini tashuvchi, fazoda tarqaladigan elektromagnit (EM) maydon toʻlqinlaridan iborat. [1] U past chastotali toʻlqinlar, radiotoʻlqinlar, infraqizil, koʻzga koʻrinadigan nurlar, ultrabinafsha, rentgen nurlari va gamma nurlarini oʻz ichiga oladi. Bu toʻlqinlarning barchasi elektromagnit nurlar spektrning bir qismini tashkil qiladi. [2]

Z oʻqi boʻylab elektromagnit toʻlqin tarqalishi, E elektr maydonini va unga perpendikulyar B magnit maydonni bildiradi.

Elektromagnit toʻlqin turlari

tahrir

Klassik tarzda, elektromagnit nurlanish elektromagnit toʻlqinlardan (ET) iborat boʻlib, ular elektr va magnit maydonlarining sinxron tarqalishidir. Elektromagnit nurlanish yoki elektromagnit toʻlqinlar elektr yoki magnit maydonning davriy oʻzgarishi tufayli hosil boʻladi. Ushbu davriy oʻzgarish qanday sodir boʻlishiga va ishlab chiqarilgan quvvatga qarab, elektromagnit spektrning turli toʻlqin uzunliklari ishlab chiqariladi. Vakuumda elektromagnit toʻlqinlar yorugʻlik tezligida tarqaladi, odatda c bilan belgilanadi. Bir xil, izotrop muhitda ikki maydonning tebranishlari bir-biriga perpendikulyar va energiya va toʻlqin tarqalish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlib, koʻndalang toʻlqin hosil qiladi. Elektromagnit toʻlqinning elektromagnit spektrdagi holati, uning tebranish chastotasi yoki toʻlqin uzunligi bilan tavsiflanishi mumkin. Har xil chastotali elektromagnit toʻlqinlar turli xil nomlar bilan ataladi, chunki ular turli xil manbalarga ega. Chastotasi oshish yoki toʻlqin uzunligini kamayish tartibida ular quyidagicha joylashadi: past chastotali ET, radiotoʻlqinlar, infraqizil nurlar, koʻzga koʻrinadigan nurlar, ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari va gamma nurlari. [3]


Maxwell tenglamalari

tahrir
 
James Clerk Maxwell

James Clerk Maxwell elektr va magnit tenglamalarning toʻlqin shaklini yaratdi va shu bilan elektr va magnit maydonlarining toʻlqinga oʻxshash tabiatini va ularning simmetriyasini ochib berdi. Toʻlqin tenglamasi tomonidan bashorat qilingan EM toʻlqinlarining tezligi yorugʻlikning oʻlchangan tezligiga toʻgʻri kelganligi sababli, Maksvell yorugʻlikning oʻzi EM toʻlqini degan xulosaga keldi[4][5]. Maksvell tenglamalari Genrix Gerts tomonidan radiotoʻlqinlar bilan tajribalar orqali tasdiqlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Purcell and Morin, Harvard University.. Electricity and Magnetism, 820p, 3rd, Cambridge University Press, New York, 2013. ISBN 978-1-107-01402-2.  p 430: „These waves… require no medium to support their propagation. Traveling electromagnetic waves carry energy, and… the Poynting vector describes the energy flow…;“ p 440: … the electromagnetic wave must have the following properties: 1) The field pattern travels with speed c (speed of light); 2) At every point within the wave… the electric field strength E equals „c“ times the magnetic field strength B; 3) The electric field and the magnetic field are perpendicular to one another and to the direction of travel, or propagation."
  2. Browne, Michael. Physics for Engineering and Science, p427, 2nd, McGraw Hill/Schaum, New York., 2013. ISBN 978-0-07-161399-6. ; p319: "For historical reasons, different portions of the EM spectrum are given different names, although they are all the same kind of thing. Visible light constitutes a narrow range of the spectrum, from wavelengths of about 400-800 nm…. ;p 320 „An electromagnetic wave carries forward momentum… If the radiation is absorbed by a surface, the momentum drops to zero and a force is exerted on the surface… Thus the radiation pressure of an electromagnetic wave is (formula).“
  3. Maxwell, J. Clerk (1 January 1865). "A Dynamical Theory of the Electromagnetic Field". Philosophical Transactions of the Royal Society of London 155: 459–512. doi:10.1098/rstl.1865.0008. 
  4. https://physics.info/em-waves/
  5. http://www.clerkmaxwellfoundation.org/html/maxwell-s_impact_.html