Elektron hukumat
Elektron hukumat – Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi boʻlib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va hokazo) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat – biznes (G2B);- hukumat – hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Havolalar
tahrir- Концептуальное проектирование Электронного правительства
- Постановка проблемы разработки научно-обоснованной концепции, алгоритмов работы и архитектуры инструментальных средств Электронного правительства
- Юрасов. А. В. Основы электронной коммерции. Учебник для вузов.-М.:Горячая линия-Телеком, 2008. — 480с.
- Информационный портал о эПравительстве России (Wayback Machine saytida 2016-03-06 sanasida arxivlangan)
- Международная конференция «Современные технологии государственного управления е-Government»
- Система «Электронное правительство» (Wayback Machine saytida 2014-04-16 sanasida arxivlangan)
- Центр технологий «электронного правительства» OPEN-Government (Wayback Machine saytida 2013-12-25 sanasida arxivlangan)
- Разработка компонентов «Электронного правительства»
- Проблема неоднозначности определения термина «Электронное правительство» (Wayback Machine saytida 2014-04-16 sanasida arxivlangan)
- Портал электронного правительства Республики Казахстан
- Сайт электронного правительства: Экспертная сеть по вопросам государственного управления ГосБук.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |