Avtoelektron proyektor

(Elektron proyektordan yoʻnaltirildi)

Avtoelektron proyektor, avtoelektron mikroskop, elektron proyektor –avtoelektron emissiya asosida tasvir beruvchi asbob. Katodning sirti kichikligi (radiusi 10~4 – 10~5 sm) tu-fayli uning sirtida juda katta (Ye>106 V/sm) elektr maydon kuchlanganligi hosil boʻladi, natijada proyektoriing lyuminafor qrplangan ekranida katodning oʻn va yuz ming marta kattalashgan chiqish ishi boʻyicha tasvirini kuzatish mumkin. Avtoelektron proyektorda har xil sirtlardan elek-tronlarning chiqish farqlari va uning kattaligi aniqlanadi, katod sirtidagi adsorbsiya, diffuziya, migratsiya kabi jarayonlar, qattiq jism sirti tuzilishi va uning fizik koʻrsatkichlari oʻrganiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil