Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. "e-commerce") – internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish.

Elektron tijoratga jahon miqiyosida hozirgi eng katta internet auksioni va doʻkoni eBay misol boʻladi.

O'zbekiston kesimida esa Elektron tijorat maydoni Vibo Marketplace misol boʻladi.

Elektron tijorat atamasining oʻzi deyarli 1950—1960-yillarda kompyuter paydo boʻlganidan keyin darhol paydo boʻldi. Dastlabki dasturlardan biri bu transport chiptalariga buyurtma berish, shuningdek reyslarni tayyorlash uchun turli xizmatlar oʻrtasida maʼlumot almashishdan iborat boʻlgan. U 1961-yil Massachusets texnologiyalar institutidan Leonard Kleinrok maʼlumotlarni uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish nazariyasini ishlab chiqdi.

Elektron tijorat Internet tarmogʻidagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qoʻllanadi. U kompyuter tarmogʻidan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini koʻrsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini oʻtkazish imkoniyatini taʼminlaydi.

Elektron tijorat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining [1]"Elektron tijorat toʻgʻrisida"gi 2022 yil 29 sentyabrdagi OʻRQ-792-son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.

  1. „Elektron tijorat to'g'risida“ (2022-yil 30-sentyabr). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.