Elektronnurli trubka
Elektronnurli trubka — elektr signallarini koʻrinadigan tasvirlarga va optik tasvirlarni elektr signallariga oʻzgartirib beradigan elektronnurli asbob. Elektr signallarini koʻrinadigan tasvirlarga aylantiruvchi Elektronnurli trubkat.lar jumlasiga ossillografik indikatorli Elektronnurli trubkat., kineskop va boshqalar kiradi, optik tasvirlarni elektr signallariga aylantiruvchi Elektronnurli trubkat.lar jumlasiga, mas, uzatuvchi televizion trubkalar kiradi. Kirish signallari ham, chiqish signallari ham elektr signallari shaklida boʻladigan Elektronnurli trubkat.lar ham bor. Bunday trubkalar biron bir oʻzgartirishni, mas, matematik ishlovni, chastotalar spektri oʻzgarishini va boshqalar fizik jarayonlarni ifodalaydi. Elektronnurli trubkat. termini hozir eskirgan (qarang Televizion trubka).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |