Elektrostatikafizikaning harakatsiz elektr zaryadlar maydoni va ularning oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Harakatsiz elektr zaryadlar hosil qilgan elektr maydon elektrostatik maydon deb ataladi.

Elektrostatikaning asosiy tenglamalari Maksvell tenglamalarining xususiy holidir. Elektr zaryadlar harakatsiz boʻlsa, yaʼni elektr toki boʻlmasa, magnit maydon boʻlmaydi, elektr maydon esa oʻzgarmasdan saqlanadi. Tashqi elektrostatik maydon taʼsirida elektrlanmagan jismlarning sirtida elektr zaryadlar paydo boʻlish hodisasi elektr induksiya yoki elektrostatik induksiya deyiladi.

Elektr induksiya natijasida paydo boʻlgan zaryadlar induksion zaryadlar deyiladi. Induksion zaryadlar erkin zaryadlar yoki bogʻlangan zaryadlar boʻlishi mumkin. Oʻtkazgichlarda erkin zaryadlar mavjud boʻlgani uchun tashqi elektrostatik maydon taʼsirida oʻtkazgach sirtining bir qismida musbat ishorali erkin zaryad, boshqa ikkinchi qismida esa manfiy ishorali erkin zaryad paydo boʻladi. Oʻtkazgich ichida hech qanday erkin zaryad boʻlmagani uchun elektrostatik maydon ham boʻlmaydi. Tegashli oʻlchov asboblarini tashqi elektr maydon taʼsiridan saqlashda shu xususiyatdan foydalaniladi. Dielektrik zaryadlari bogʻlangan zaryadlardan iborat. Tashqi elektr maydon taʼsirida musbat va manfiy ishorali bogʻlangan zaryadlar qarama-qarshi yoʻnalishlarda siljish natijasida dielektrik qutblanadi, uning sirtidagi bir tomonda musbat ishorali bogʻlangan zaryadlar, ikkinchi tomonda esa manfiy ishorali bogʻlangan zaryadlar paydo boʻladi. Vakuumda elektrostatik maydonning xossalarini o‘iganishda kuchlanganlik chiziqlari tushunchasini kiritib, yuzadan o‘tayotgan elektr kuch chiziqlari vektorining oqim ini O strogradskiy-G auss teorem asidan foydalanib chiqarilgan edi. Ularning xususiyatlari shundan iborat ediki, kuchlanganlik chiziqlari bo‘shliqda bir xil zaryadlardan ikkinchi xil zaryadlarga uzluksiz ravishda davom etadi yoki cheksizlikka ketadilar. Ammo bu xususiyat faqat erkin zaryadlaigagina taalluqlidir, bog‘langan zaryadlarda bunday bo‘lmaydi. Bo‘shliqdaesa va vektorlar ustma-ust tushadi. Induksiya vektorining chizig‘i deb shunday chiziqqa aytiladiki, bu chiziqning har bir nuqtasiga o ‘tkazilgan urinmaning yo‘nalishi induksiya vektorining yo‘nalishi bilan ustm a-ust tushadi. Chiziqning yo‘nalishi har bir nuqtada induksiya vektorining yo‘nalishi shu nuqtadagi chiziq yo‘nalishiga mos keladi deb hisoblanadi.