Elementar analiz
Elementar analiz — organik birikmalardagi uglerod, vodorod, azot, oltingugurt, galogenlar, fosfor va boshqalar elementlarni miqdoriy aniqlash yoki sifat analizida qoʻllanadigan usullar majmui. Elementar analiz 2 bosqichdan iborat: 1) organik birikmani parchalash, yaʼni aniqlanadigan elementni oddiy anorganik birikmalar (mas, karbonat angidrid, suv, vodorod sulfid va boshqalar) koʻrinishida ajratish; 2) sifat yoki miqdoriy analiz usullari bilan elementni aniqlash.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |