Elena Piskunova
Elena Vitalievna Piskunova (1980-yil 2-avgust, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek atletikachisi, 400 metrga yugurish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro sport ustasi, Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan.
Elena Piskunova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Elena Vitalievna Piskunova |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
2-avgust 1980-yil Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Sport | |
Qaysi sport | yengil atletika |
Faoliyati
tahrirElena Piskunova 1980-yil 2-avgustda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan[1]. Yelena sport faoliyatini Samarqand viloyati hokimligi qoshidagi Oliy sport mahorati maktabida boshlagan. U 400 metr masofaga yugurish va 400 metr masofaga toʻsiqlar bilan yugurish intizomi boʻyicha bahslashdi. 1999-yilda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 400 metrga yugurishda 54,43[2] natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2000-yilda Oʻzbekiston yengil atletika terma jamoasi tarkibida Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashdi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2012-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-22
- ↑ http://www.gbrathletics.com/ic/asj.htm
- ↑ https://www.olympic.org/elena-piskunova