Elissa Rhaïs
Elissa Rhaïs (ibroilcha אליסה ראיס), asl ismi Rosine Boumendil (12 dekabr 1876 – 18 avgust 1940) – adabiy karyerasini davom ettirish uchun haremdan qochib ketgan musulmon ayolning shaxsiyatini qabul qilgan Jazoirlik-yahudiy yozuvchi edi. Uning romanlari uning hayotida mashhur edi, ammo keyinchalik mashhurligini yoʻqotadi. Uning hayotiga qiziqish 1980 yillarda barcha nashriyotlar tomonidan uning asarlari ghost-written boshqalar tomindan yozilgan va uning oʻzi savodsizligi haqidagi daʼvo bilan qayta tiklandi.
Elissa Rhaïs | |
---|---|
Tavalludi |
12-dekabr 1876 |
Vafoti |
18-avgust 1940-yil (63 yoshda) Blida |
Taxallusi | Elissa Rhaïs |
Ijod qilgan tillari | French |
Fuqaroligi | Algeria |
Janr | Romance |
Tarjimayi holi
tahrirDastlabki hayoti
tahrirRosine Boumendil 1876 yil 12 dekabr kuni Blida Oʻrta hol yahudiy oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi Jacob nonvoy va onasi Mazaltov (Serorlik) uy bekasi edi[1]. U oʻn ikki yoshida yahudiy oilasiga uyda xizmat qilib joylashtirilgunga qadar mahalliy maktabga borgan[1]. Keyinchalik u „École des Religieuses de la Doctrine Chrétienne“ da oʻqiganligini takidlaydi, garchi maktak uning 20 yoshgacha ochilmagan boʻlsa ham [2]. 18 yoshida u Moïse Amar ismli yahudiy oq’tuvchiga turmushga chiqdi. Juftlikning uchta farzandi bor: Toʻngʻich qizi, u oʻn bir yoshda vafot etdi; oʻgʻli, Jacob-Reymond (1902-1987); boshqa qizi Mireille (1908-1930).[1] Jacob-Reymond ham Roland Rhaïs nomi bilan tanilgan yozuvchi va jurnalist boʻldi. U mustaqillikdan keyin Jazoir fuqaroligini olgan bir nechta jazroilik yahudiylardan biri edi[1].
Rosine Boumendil va Amar 38 yoshida ajrashdi va u savdogar Mordecai Chemouil bilan qayta turmush qurdi[3]. Ular Jazoirdagi Villa des Fleurs nomli villada yashagan, u yerda u adabiy salon ochdi [3].U hikoyachiga aylandi va bu hikoyalar onasiga, buvisi tomonidan meros qolganini va shuning uchun oʻz davlati boy xalq merosi tarkibiga kirganini aytadi[3]. U Louis Bertrand kabi adabiy tanqidchilar tomonidan oʻz hikoyalarini adabiy jurnallarga yuborishga ragʻbatlantirilgan [2][3].
Adabiy faoliyati
tahrir1919 yilda Boumendil adabiyotga oid faoliyatini davom etish uchun Parijga koʻchib oʻtdi. Yozuvchichi va tanqidchi Louis Bertrand uning uchun René Doumic, „Revue des Deux Mondes,“ muharririga kirish xatini yozgan, shundan keyin uning beshta qisqa hikoyasini nashr etilgan [2]. Keyinchalik uning birinchi romani, Saada the Moroccan,birinchi marta uning alif nomi Elissa Rhaïsdan foydalangan holda Parij nashriyotxonasi Plon tomonidan nashr etildi [2]. Saada the Saada the Moroccan eng yaxshi sotilgan asar boʻlib, yigirma olti marta nashrga etiladi [2]. Shu vaqtdan boshlab Rais oʻzini haremdan qochib ketgan musulmon ayol sifatida taqdim eta boshladi, ammo u ushbu yangi shaxsni yaratishda qanchalik muhim ahamiyatga ega boʻlganligi yoki u kitobni va undan keyin boshqalarni yozganligi haqida savol tugʻdirdadi[4]. Uning yangi shaxsiyati Lui Bertrand va René Doumic tomonidan boshqariladigan marketing hiyla sifatida yaratilganligi; balki bu Rhaïsning oʻzi ixtiro qilganligi taxmin qilingan. [5]
1919 yildan 1930 yilgacha Elissa Rais nomi bilan koʻplab romanlar, novellalar va qisqa hikoyalar chop etilgan[5], uning koʻpchilik romanlari shimoliy Afrikaning nodatiy urf -odatlari va Birinchi jahon urushi davrida Musulmon xalqlaridagi ayollarning qahramonligi haqida tasvirlanadi. Uning baʼzi ishlarida dolzarb masalalar aks ettirilgan: masalan, La Riffaine (1929) Rif urushi qaratilgan roman edi [5]. Ular norvegiya, finn, isveç va rus tillariga tarjima qilingan [5].
Rais Parijda adabiy salon ochadi, unga Colette, Pol Morand, Jean Amrouche va aktrisa Sara Bernhardt kabi yozuvchilar tez-tez tashrif buyurgan. [2] U yerda Raïs Berber va musulmon kiyimlarining siyalarini birlashmasini kiyinadi, bu esa „Sharqiy“ barcha narsalarga madaniy qiziqish bilan mashhur boʻlgan noodatiy Orientalism fonni taminlaydi[2]. U arab ayollarining ozod etilishiga haqida soʻzlarni taʼkidlagan va Turkiyada bu " keng tarqalgan axloqsizlikka „ olib kelganini aytib oʻtgan[5]. Uning Fransiyada mashhurligi 1930 yillarda kamaygan, bu esa qizining oʻlimi va Jazoirda uning tanqidlari koʻpayganida sodir boʻlgan [5]. Raïs jamoat hayotidan nafaqaga chiqadi [2].
Keyingi hayoti
tahrir1930 yillarda Raisning mashhurligi pasayib, u Blida yashash uchun qaytib keldi. U 1940 yil 18 avgust kuni oʻsha yerda vafot etadi[2].
Tanlangan asarlari
tahrir- Saada (Parij: 1919)
- Le Café chantant (Parij: 1920)
- Les Juifs ou la fille d’Eléazar (Parij: 1921)
- La Fille des pachas (Parij: 1922)
- La Fille du douar (Parij: 1924)
- La Chemise qui porte bonheur (Parij: 1925)
- L’Andalouse (Parij: 1925)
- Le Marriage de Hanifa (Parij: 1926)
- Le Sein blanc (Parij: 1928)
- Par la voix de la musique (Parij: 1927)
- La Riffaine (Parij: 1929)
- Petits Pachas en exil (Parij: 1929)
- La Convertie (Parij: 1930)
Teatr
tahrir- Le parfum, la femme et la prière (1933)
Qisqa hikoyalari
tahrir- „Enfants de Palestine“ haftasi sonidagi jurnalida (1931-yil avgust)
- Judit Le Journal du 1939 yil 15 aprel kuni 24 aprel kuni
Asarlaring qabul qilinishi
tahrirOʻsha paytda uning asarlari mashhur boʻlsa-da, tanqidchilar tomonidan maqtovga sazovor boʻlmagan[4]. Ular musulmon jinsiyligi stereotiplarini saqlab qolish uchun ayblangan [5]. Uning asarlari Jazoirdan Fransiyada koʻra koʻproq mashhur edi, ammo u yerda yirik adabiy shaxs Robert Randau (fr) ning koʻmagidan foydalanishga muvaffaq boʻldi [5].
Oʻsha paytda uning yozuvchi Lucienne Favre [6] bilan haqiqiyligi haqida shubhalar bor edi.
Mashhurligi
tahrirRomanlar ishlab chiqarilgan vaziyatdan qatʼiy nazar, Rhaïs Judeo-Maghrebian adabiyotida qadimgi yahudiy-jazoirlik ayol yozuvchi sifatida muhim oʻrinni egallagan [7]. Biroq, uning hayoti Elissa Rhaïs, un roman ishlab chiqarish romani nashr etilishi tufayli va keyingi televideniye ommaviy axborot vositalarida qiziqtirish va fantaziya manbasi sifatida davom etadi [5].
Tabet muammosi
tahrir1982 yilda Raul Tabetning oʻgʻli, Rhaïsning jiyani va muhlisi boʻlgan Paul Tabet, Grassetda otasi Rhaïs romanlarning Grassetga tegishli ekanligini aytadi [8].. Ushbu kitob ommaviy axborot vositalarida sezilarli iz qoldirdi va 1982 yil 7 may kuni Bernard Pivot tomonidan „Apostrophes“da intervyu berilgan. Shunga qaramasdan, fransuz tilida gapiradigan Magreb adabiyotida ixtisoslashgan koʻpchilik akademik tanqidchilar Tabetning ayblovlarini ehtimoldan yiroq deb hisoblashadi [9] .Denise Brahimi, „Lire Elissa Rhaïs“ nomli kirishida „jabrlanuvchi“ ligi haqida yozadi[10].
Telefilm Le secret d’Elissa Rhaïs 1993 yilda rejissyor Jacques Otmezguine tomonidan filmga olingan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Déjeux, Jean. Dictionnaire des auteurs maghrébins de langue française (fr). KARTHALA Editions, 1 January 1984. ISBN 978-2-86537-085-6.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 lorcin, patricia m e (2012), Akyeampong, Emmanuel K; Gates, Henry Louis (muh.), „Rhaı¨s, Elissa“, Dictionary of African Biography (inglizcha), Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780195382075.001.0001, ISBN 978-0-19-538207-5, qaraldi: 15 January 2021 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":2" defined multiple times with different content - ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Elissa Rhaïs“ (en). Jewish Women's Archive. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Rosello, Mireille (2006). "Elissa Rhaïs: Scandals, Impostures, Who Owns the Story?". Research in African Literatures 37 (1): 1–15. ISSN 0034-5210. https://www.jstor.org/stable/3821114. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":4" defined multiple times with different content - ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 5,8 Lorcin, Patricia M. E. (1 December 2012). "Manipulating Elissa: the uses and abuses of Elissa Rhaïs and her works". The Journal of North African Studies 17 (5): 903–922. doi:10.1080/13629387.2012.723436. ISSN 1362-9387. https://doi.org/10.1080/13629387.2012.723436. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":3" defined multiple times with different content - ↑ author: Lucienne Favre; editor: Bernard Grasset; 1930; ASIN: B00183RZQK
- ↑ Dugas, Guy; Geesey, Patricia (1992). "An Unknown Maghrebian Genre: Judeo-Maghrebian Literature of French Expression". Research in African Literatures 23 (2): 21–32. ISSN 0034-5210. https://www.jstor.org/stable/3820391.
- ↑ Tabet, Paul.. Elissa Rhaïs : roman. Paris: B. Grasset, 1982. ISBN 2-246-27611-X. OCLC 9895728.
- ↑ „Grandeur d'âme, exubérance des sens et sentiments exacerbés“. archive.wikiwix.com. 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
- ↑ Denise Brahimi: Proceedings of the World Congress of French Literature ; Responsible for the volume: Giuliana Toso-Rodinis; publisher: Centro Stampa di Palazzo Maldura; Padua; 1984; pages: 463 to 471
- ↑ „Wikiwix's cache“. archive.wikiwix.com. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.