Elizabeth Cady Stanton (1815-yil 12-noyabr – 1902-yil 26-oktabr) – amerikalik yozuvchi va aktivist boʻlib, XIX asr oʻrtalari va oxirlarida AQShda ayollar huquqlari harakatining yetakchisi boʻlgan. U 1848-yilgi ayollar huquqlarini muhokama qilishga qaratilgan birinchi konvensiya – Seneca Falls konvensiyasi asoschilaridan biri va Sentiments deklaratsiyasining asosiy mualliflaridan biri edi. Uning ayollarning ovoz berish huquqi haqidagi talabi konvensiyada bahs-munozaralarga sabab boʻldi, ammo tezda ayollar harakatining asosiy tamoyiliga aylandi. U boshqa ijtimoiy sohalarda, ayniqsa abolitsionizmda faol edi.

Elizabeth Cady Stanton

Stanton, 65 yosh
Tavalludi 1815-yil 12-noyabr
Johnstown, New York, AQSH
Vafoti 26-oktyabr 1902
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh
Ota-onasi

Daniel Cady

Margaret Livingston
Qarindoshlari

James Livingston (bobosi) Elizabeth Smith Miller (amakivachchasi)

Nora Stanton Barney (nevarasi)
Imzosi

U 1851-yilda Susan B. Anthony bilan uchrashdi va ayollar huquqlari harakatining rivojlanishi uchun juda muhim boʻlgan oʻnlab yillar davom etgan hamkorlikni tuzdi. Amerika fuqarolar urushi davrida ular qullikni bekor qilish uchun Womenʼs Loyal National Ligasini tuzdilar. Ular 1868-yilda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun „ Inqilob“ nomli gazetani nash qilishdi.

Stanton Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi prezidenti boʻldi. Yigirma yildan koʻproq vaqt davomida, Stenton tashkilotning birinchi prezidenti maqomida boʻldi. Bu faxriy lavozim edi. Stanton tashkilotning ayollarning ovoz berish huquqiga tobora koʻproq eʼtibor qaratayotganiga qaramay, ayollar huquqlarining keng doirasi ustida ishlashda davom etdi.

Stanton „Ayollarning saylov huquqi tarixi“ uch jildlik kitobining asosiy muallifi edi. Shuningdek, „Ayollar Injili“ kitobining ham asosiy muallifi boʻlgan. Bu kitob ayollarga boʻlgan munosabat va notoʻgʻri qarashlarni oʻzida aks ettiradi.

Bolaligi

tahrir

Elizabeth Cady Nyu-Yorkning Johnstown shahrida tugʻilgan. Shaharning bosh maydonidagi ularning oilaviy saroyini oʻn ikki xizmatkor boshqargan. Uning konservativ otasi Daniel Cady, shtatdagi eng boy yer egalaridan biri edi. U Federalistlar partiyasining aʼzosi hamda AQSh Kongressida bir muddat ishlagan edi[1].

Uning onasi Margaret Cady 1867-yilda ayollarning saylov huquqi uchun petitsiyani imzolagan. U boʻyi olti fut, kuchli irodali va oʻziga ishongan… U uydagi oʻzidan 12 yosh katta boʻlgan eridan qoʻrqmaydigan yagona odam edi" deb taʼriflangan. Elizabeth oilada oʻn bir bolaning yettinchisi edi, ulardan olti nafari, barcha oʻgʻil bolalar voyaga etmasdan vafot etgan edi. Koʻp bola tugʻib, ularning koʻpining oʻlimini koʻrish iztirobidan charchagan onasi oʻzini oʻzi ayblab, tushkunlikka tushgan edi. Katta qizi Tryphena eri Edward Bayard bilan birga kichik bolalarni tarbiyalash mas’uliyatini oʻz zimmasiga oldi.

Stanton oʻzining „Eighty Years & More“ xotira kitobida uning yoshligida uyida uchta afro-amerikalik xizmatkor boʻlganini aytdi. Tadqiqotchilar ulardan Peter Teabout qul boʻlganini va 1827-yil 4-iyulda Nyu-York shtatidagi barcha qullar ozod qilinmaguncha shunday boʻlib qolganligini aniqlaganlar. Stanton uni mehr bilan eslab, u va uning opa-singillari bilan Episcopal cherkovida qatnashganini aytdi. Elizabeth Teabout va u oq tanlilar bilan emas, balki cherkovning orqa tomonida oʻtirganini eslaydi.

Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi

tahrir

1869-yil may oyida, yakuniy konvensiyasidan ikki kun oʻtgach, Stanton, Anthony va boshqalar Stanton prezident boʻlgan Milliy Ayollar Saylov Assotsiatsiyasini tuzdilar. Olti oy oʻtgach, Lucy Stone, Julia Ward Howe va boshqalar raqobatdosh Amerika Ayollar Saylov Assotsiatsiyasini tuzdilar, u kattaroq va yaxshiroq moliyalashtirildi. Amerika Ayollar Saylov Assotsiatsiyasi siyosiy jihatdan mustaqil edi. Ular Respublikachilar partiyasi bilan yaqin aloqada boʻlish, ularni qoʻllab-quvvatlashiga olib keladi degan umidda edi. Milliy Ayollar Saylov Assotsiatsiyasi birinchi navbatda milliy darajada saylov huquqini qoʻlga kiritishga eʼtibor qaratdi, Amerika Ayollar Saylov Assotsiatsiyasi esa shtatlar boʻyicha bir necha strategiyani amalga oshirdi. Milliy Ayollar Saylov Assotsiatsiyasi dastlab Amerika Ayollar Saylov Assotsiatsiyasiga qaraganda kengroq ayollar muammolari, jumladan, ajralish va ayollar uchun teng ish haqi masalalari boʻyicha islohotlar olib borishgan[2][3].

Manbalar

tahrir
  1. „Griffith-Williams, Brig. Eric Llewellyn Griffith, (2 May 1894–5 March 1987)“, Who Was Who, Oxford University Press, 2007-12-01, qaraldi: 2024-07-12
  2. DuBois, Ellen (1994-12-31), „THE RADICALISM OF THE WOMAN SUFFRAGE MOVEMENT: NOTES TOWARD THE RECONSTRUCTION OF NINETEENTH-CENTURY FEMINISM“, Women Suffrage, DE GRUYTER SAUR, 3–11-bet, ISBN 978-3-598-41473-2, qaraldi: 2024-07-12
  3. DuBois, Ellen (1994-12-31), „THE RADICALISM OF THE WOMAN SUFFRAGE MOVEMENT: NOTES TOWARD THE RECONSTRUCTION OF NINETEENTH-CENTURY FEMINISM“, Women Suffrage, DE GRUYTER SAUR, 3–11-bet, ISBN 978-3-598-41473-2, qaraldi: 2024-07-12