Ellis Yarnal Berry
Ellis Yarnal Berry (1902-yil 6-oktabr — 1999-yil 1-aprel) amerikalik advokat, gazeta noshiri va siyosatchi. Shuningdek, u Janubiy Dakotadan Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar palatasiga saylangan.
Hayoti va taʼlimi
tahrirBerry Ayova shtatining Larchvud shahrida tug‘ilgan va Janubiy Dakota shtatining Filipp shahridagi Filipp o‘rta maktabini tamomlagan.
Ellis 1920-yildan 1922-yilgacha Morningside kollejida talaba boʻlgan. Soʻng Janubiy Dakota universitetiga oʻqishga kirdi, u yerda bakalavriat ishini tugatdi va huquqni oʻrgandi. 1927-yilda huquqshunoslik fakultetini tamomladi. Oʻsha yili diplom imtiyozi bilan advokaturaga qabul qilindi.
Faoliyati
tahrirBerry Janubiy Dakota shtatining Kennebek shahrida advokatlik faoliyatini boshlagan. Ikki yil oʻtgach, Maklaflinga koʻchib oʻtdi. U shtatning advokati, Korson okrugi sudyasi va Maklaflin meri etib saylangan. 1938-yildan boshlab Mclaughlin Messenger gazetasining noshiri boʻlib ishladi. U 1938-yildan 1950-yilgacha Davlat advokatlar assotsiatsiyasi jurnalining muharriri boʻlgan.
Siyosiy faoliyati
tahrirEllis Janubiy Dakota shtati Senatiga 1938-yildan 1942-yilgacha, jami ikki yil muddatga saylangan.
1950-yilda U Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasiga respublikachi etib saylandi va ketma-ket toʻqqiz marta saylangan. 1971-yilda nafaqaga chiqdi. 1952-yildan boshlab u McIntosh News va Morristown World nashrlarini ham chop ettirdi.
1966-yilda jurnalist Drew Pearsonning xabar berishicha, Berry Liberty Lobby tomonidan „Respublika davlat arbobi“ mukofotini olgan kongressmenlardan biri edi[1]. Berry 1957[2], 1960[3],1968[4] va 1965-yildagi Ovoz berish huquqi to‘g‘risidagi qonunni[5] yoqlab ovoz berdi, lekin 1964-yildagi Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonunga 24-tuzatishga qarshi ovoz berdi[6][7].
U nafaqaga chiqqanidan soʻng, Janubiy Dakota shtatining Rapid-Siti shahriga koʻchib oʻtdi. Ellis 1999-yil vafotigacha shu yerda yashadi.
Meros va sharafi
tahrir- 1971-yilda Kongressdan nafaqaga chiqqanidan soʻng, u oʻz hujjatlarini Black Hills shtat universitetiga topshirdi. Berry kolleksiyasi Black Hills shtat universitetining EY Berry kutubxona-oʻquv markazida joylashgan boʻlib, 500 dan ortiq quti qoʻlyozma materiallaridan iborat.
- BHSU kutubxona-oʻquv markazi kongressmen Berry nomi bilan atalgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Pearson, Drew. „Judge Rules Against Liberty Lobby“. The Free Lance-Star (1966-yil 2-noyabr), s. 6. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
- ↑ „HR 6127. CIVIL RIGHTS ACT OF 1957.“. GovTrack.us.
- ↑ „HR 8601. PASSAGE.“.
- ↑ „TO PASS H.R. 2516, A BILL TO ESTABLISH PENALTIES FOR INTERFERENCE WITH CIVIL RIGHTS. INTERFERENCE WITH A PERSON ENGAGED IN ONE OF THE 8 ACTIVITIES PROTECTED UNDER THIS BILL MUST BE RACIALLY MOTIVATED TO INCUR THE BILL'S PENALTIES.“.
- ↑ „TO PASS H.R. 6400, THE 1965 VOTING RIGHTS ACT.“.
- ↑ „H.R. 7152. PASSAGE.“.
- ↑ „S.J. RES. 29. CONSTITUTIONAL AMENDMENT TO BAN THE USE OF POLL TAX AS A REQUIREMENT FOR VOTING IN FEDERAL ELECTIONS.“. GovTrack.us.