Ellyay
(Ellyay-Booturdan yoʻnaltirildi)
Ellyay, Ellyay-Bootur, Et uos Eldey (Goʻshtdor labli Eldey) — Janubdan Shimolga, Lena daryosining oʻrta oqimi boʻylariga koʻchib kelgan saxalar (yakutlar)ning afsonaviy bobokalonlaridan biri. Bir qator insonga xos barcha yaxshi xislatlar mujassamlashgan. U birinchi rassomusta, qimiz tayyorlaydi, sopol idishlar yasovchi kulol, uning sharafiga birinchi qimiz bayrami — isiax oʻtkazilgan. Ellyayning ziddi Omrgoyu boʻlib, u sodda xoʻjalik yuritgan va patriarxal qoloqlikning timsolidir. Ellyay haqidagi rivoyatlar saxalar janubdan kelganliklari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. Ogʻzaki anʼana saxalarning aksariyat uluslari vujudga kelishini Ellyay bilan bogʻlaydilar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |