Ely Devons
Ely Devons – (29-iyul, 1913-yil—28-dekabr,1967-yil) iqtisodchi va olim. Shimoliy Uels, Gwynedd shtatining Bangor shahrida tug‘ilgan, umrining ko‘p qismini Manchesterda o‘tkazgan va Londondagi „St-Thomas“ kasalxonasida uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etgan. Uning rafiqasi, konsert pianinochisi Estelle Wine[1]. Uning otasi litvalik ravvin, olim Samuel Devons esa uning ukasi edi[2].
Hayoti
tahrirBolaligida Devonsning oilasi Britaniya bo‘ylab doimiy ko‘chib yurgan. U shuning uchun „Hanley High School“, „Portsmouth Grammar School“, „North Manchester Grammar School“ kabi bir nechta maktablarda tahsil oladi[3]. 1931-yildan 1934-yilgacha Devons Manchesterdagi Viktoriya davlat universitetida o‘qidi. U yerda iqtisod, siyosat va eng yangi tarixni o‘rgandi. Devons universitetni birinchi darajali diplom bilan tugatadi. O‘qishni tugatgandan so‘ng, u iqtisod bo‘yicha magistrlik darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi olib bordi. Mahsuldorlik bo‘yicha eng yuqori deb baholangan dissertatsiyasini „The Economic Journal“ jurnalida chop etdi[4].
U 1935-1939-yillarda Manchesterda paxta savdosi tashkilotlari qo‘shma qo‘mitasida yordamchi iqtisodchi bo‘lib ishlagan va Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan ko‘p o‘tmay ta’minot vazirligida paxta nazorati bo‘yicha statistik sifatida faoliyat yuritgan. Bir yil ichida uni Manchesterlik ikki sobiq hamkasbi John Jewkes va Harry Campion, Vazirlar Mahkamasining Markaziy iqtisodiy razvedka xizmatiga (Markaziy statistika boshqarmasining iqtisodiy bo‘limi) qo‘shilishga undashdi[5]. Devons 1940-yil mart oyida Whitehallda ishlay boshladi. Sobiq akademiklar va iqtisodchilarning maxfiy guruhiga qo‘shildi – bu guruhga Lionel Robbins, Norman Chester, Alec Cairncross, Evan Durbin, D.G.Champernowne, and Harold Wilson ham kirgan. Ushbu insonlarning barchasi Ikkinchi jahon urushiga jalb qilingan shaxslar edi[6]. 1940-1945-yillar oralig‘ida Devons Markaziy statistika boshqarmasining birinchi bosh statistigi, so‘ngra statistika bo‘limi boshlig‘i va nihoyat samolyot ishlab chiqarish vazirligida dasturlar va statistika bo‘yicha bosh direktor bo‘ldi[3].
Urushdan keyin Manchesterga amaliy iqtisodiyot bo‘yicha o‘qituvchi sifatida qaytib keldi va 1947-yilda amaliy iqtisodiyot kafedrasi professori etib tayinlandi (Britaniya universitetlaridagi dastlabki amaliy iqtisodiyot kafedrasi).
Dastlabki cheklovlarga qaramay, Devons 1959-yilgacha Manchesterda qoldi Arthur Lewis, Harry Johnson, Michael Polyani, Max Glukman and Bill Mackenzielar bilan birga ishlagan holda dinamik iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fakultetini tashkil etishga yordam berdi[7]. Devonsning karyerasi London iqtisodiyot maktabida 1965-yilda kasallik uni erta nafaqaga chiqishga majbur qilganidagina tugadi; „MSc Econometrics and Mathematical Economics“ dasturidagi g‘aroyib natijalari uchun Ely Devons mukofoti uning sharafiga beriladi[8]. Oliy ta’limdan tashqari, u Qirollik iqtisodiy jamiyati (1956-1964-yillar), mahalliy boshqaruv komissiyasida (1959-1965) va samolyotsozlik sanoati va monopoliyalar komissiyasi bo‘yicha hukumat maslahatchisi sifatida ishlagan[9].
Ta'siri
tahrirO‘zining qaysarligi bilan tanilgan bo‘lishiga qaramay, Devons hamkasblari uni juda hurmat qilishadi. Tengdoshlari uni doim hurmat qiladi va sevishadi. Ko‘pincha tanqidchi bo‘lsa-da, u keng ko‘lamli tadqiqot izlanishlariga ega bo‘lgan qobiliyatli va konstruktiv administrator edi[10]. Masalan bir qator ilmiy maqolalar, gazeta maqolalari va radio eshittirishlar efirga uzatilgan, ma’ruza matnlari, shuningdek, uning urush davridagi tajribasi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan[11]. O‘sha davrdan beri ushbu tadqiqot iqtisodchilar va tarixchilar tomonidan e’tibordan chetda qolgan, ammo yaqinda amaliy jarayonlarni boshqarishning foydali manbasi sifatida va 1940–1950-yillardagi Britaniya iqtisodi va siyosati o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ko‘rib chiqishda foydalanish uchun qayta kashf etildi[12].
Havolalar
tahrir- Ely Devons Papers at the „University of Manchester Library“
Manbalar
tahrir- ↑ ’’The Times’’, 30 December 1967.
- ↑ William D.Rubinste in, Michael Jolles, Hilary L. Rubinstein, ’’The Palgrave Dictionary of Anglo-Jewish History’’, Palgrave Macmillan (2011), p. 219
- ↑ 3,0 3,1 Alec Cairncross, ‘Devons, Ely (1913–1967)’, ’’Oxford Dictionary of National Biography’’ (2004)
- ↑ Devons, Ely (1935). "Output per head in Great Britain, 1924-33". The Economic Journal 45 (179): 577–80. doi:10.2307/2225008. https://archive.org/details/sim_economic-journal_1935-09_45_179/page/577.
- ↑ British Library of Political and Economic Science (BPLES), DEVONS, Box 22.
- ↑ Alec Cairncross and Nita Watts, ’’The Economic Section 1939-1961: A Study in Economic Advising‘’ (London: Routledge, 1989), pp. 50-5.
- ↑ Donald Moggeridge, ’’Harry Johnson: A Life in Economics’’ (Cambridge: CUP, 2008), pp. 161 and 167-8.
- ↑ LSE, About our prizes and awards (Accessed 23 Feb 2022)
- ↑ ’’The Manchester Guardian’’, 29 December 1967.
- ↑ Alec Cairncross, ‘Devons, Ely (1913–1967)’, ’’Oxford Dictionary of National Biography’’ (2004); ’’The Manchester Guardian’’, 29 December 1967 and ’’The Times’’, 4 January 1968.
- ↑ Ely Devons, ’’Planning in Practice: Essays in Aircraft Planning in Wartime’’ (Cambridge: CUP, 1950).
- ↑ Denis R. Towill, ‘Re-Visiting Devons’ Historical Perspective on Black Holes and Bullwhip’, ’’Management Decision’’, 43 (2005), 293-307.