Ema - sintoizm ibodatxonasidagi tilaklar doskasi bo‘lib, sintoistlar o‘nga o‘z niyatlarini (qilgan gunohlarini kechirilishini hamda tilaklarining amalga oshishini) ijobat bo‘lishini so‘rab xudo-kamiga maktub sifatida yozib qo‘yadilar. Ema - maktubni yozib bo‘lgandan so‘ng, sintoistlar uni ibodatxonada qoldiradilar. Bu orqali ular ibodatxonadagi kami - iloh maktubni o‘qib ularning qilgan tilaklari amalga oshiradi deb, ishonadilar. Ema - taxtachasining bir tarafida sintoizm diniy ramzi yoki hayvonlardan birining timsoli tushurilgan rasm chizilgan bo‘ladi. Ikkinchi tarafiga esa, sintoistlar o‘zlarining tilaklarini yozadilar. Emaning tepa qismida ilib qo‘yishga mo‘ljallangan teshikchasi bo‘ladi. Uni ibodatxonaning maxsus joyida ilib qo‘yadilar. Shuni aytib o‘tish kerak, sintoiylik ibodatxonasi - dzindzyada turli tilaklar yozilgan emalar sotiladi. Odatda, ushbu emalarda omad, boylik, farzand, baraka, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, imtihonlardan ijobiy natijalar bilan o‘tib olish kabi tilaklar yozilgan bo‘ladi. Emalar savdosidan tushgan daromad ibodatxona ehtiyojlariga sarf qilinadi. Sintoistlar e’tiqodiga ko‘ra, tilaklar doskasida yozilgan tilak amalga oshsa, sintoist kamiga minnatdorchilik bildirish maqsadida ibodatxonaga qaytib keladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 424.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.