Emam Rizo stadioni (forscha: ورزشگاه امام رضا ; Ostona Qods Rezavi stadioni (fors forscha: ورزشگاه آستان قدس رضویEronning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Mashhadda joylashgan koʻp maqsadli stadion sanaladi[1]. 35 ming 800 tomoshabinga moʻljallangan. Bu Erondagi yettinchi yirik stadion, shuningdek, Mashhaddagi eng katta stadiondir (bu stadion qurilishidan oldin " Samen " stadioni shahardagi eng katta stadion boʻlib, 35 ming tomoshabinni sigʻdirardi). Bu Eron terma jamoasi va " Padideh " futbol klubining baʼzi oʻyinlari uchun uy stadioni hisoblanadi. Bu katta sport majmuasining bir qismidir.

Ushbu Emam Rizo stadioni 2011-yilda Eronning " Oston Quds Razaviy " xayriya jamgʻarmasi tashabbusi bilan Mashhad va Xuroson-Razavi ostanlarida sportni rivojlantirish maqsadida qurilish ishlari boshlangan edi[2]. Emam Rizo stadiondan tashqari „Astan Quds Razavi“ yirik sport majmuasi ham qurilishi rejalashtirilgan edi. Dastlab, jamgʻarma faqat sport majmuasini qurmoqchi edi, biroq Eron futbol federatsiyasi Eron milliy terma jamoasi uchun zaxira stadion sifatida foydalanish, shuningdek, Eron kubogi final oʻyinlariga mezbonlik qilishi mumkin boʻlgan stadion ham qurish uchun vaqfga murojat qildi. Ushbu stadion qurilish ishlari 2011-yildan 2016-yilgacha davom etgan. Stadion 2016-yilda qurib bitkazildi va oʻsha yili foydalanishga topshirildi. Stadion Erondagi eng zamonaviy stadionlardan biri hisoblanadi. Stadionni qurilish ishlarini Azaran Industrial Structures Companiyasi amalga oshirdi. Stadion oʻyingohi maydoni — 105x68 metr kvadratni tashkil etadi. Eron Islom Respublikasining shimoli sharqida joylashgan stadion hisoblanadi.

Havolalar

tahrir
  1. [isna.ir „ورزشگاهی که برای ایران اعتبار می‌آورد“] (2016-yil 13-iyun). Qaraldi: 25-noyabr.
  2. [StadiumDB.com „Imam Reza Stadium“].