Emily Clark
Emily Clark (talaffuzi: Emili Klerk; 1995-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi. 2011-yilda Kanadaning 18 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi bilan kurashgan. Kanada ayollar milliy xokkey jamoasi safida 2014-yil 4 Millatlar Kubogida debyut qilgan[1]. 2014-yilning kuzida Wisconsin Badgers ayollar xokkey jamoasiga qoʻshildi[2]. 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada terma jamoasi bilan oʻynadi va Kanada finalda yutqazib, kumush medalga ega boʻldi.
Emily Clark | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
28-noyabr 1995-yil Saskatoon, Saskatchewan, Kanada | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 5 ft 7 in (170 cm) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ogʻirligi | 134 lb (61 kg; 9 st 8 lb) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | Hujumchi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
PWHPA Sobiq jamoalar |
Montréal Wisconsin Badgers | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Milliy jamoa | Kanada | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 2014—hozirgacha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Yoshligi
tahrirClark 1995-yil 28-noyabrda Saskachewanning Saskatoon shahrida tugʻilgan. Olti farzandning eng kichigi edi, ularning barchasi xokkey oʻynagan, otasi esa mahalliy murabbiy boʻlib ishlagan[3].
Faoliyati
tahrir2010—2011-yilgi mavsumda Clark Saskatoon Stars jamoasining sardori boʻlib Macʻs Tournament with the Stars musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi Kanada qishki oʻyinlarida Saskachevan jamoasi bilan qatnashgan[4].
Kanada xokkeyi
tahrir2011-yil avgust oyida Clark 18 yoshgacha boʻlgan Kanada milliy ayollar xokkey jamoasi bilan AQSHga qarshi uchta oʻyindan iborat seriyada oʻynadi. Seriyaning uchinchi oʻyinida Clark gol urdi, Kanada seriyada gʻalaba qozondi[5]. Bundan tashqari, u jamoadagi eng yosh oʻyinchi edi[6].
NCAA
tahrirNCAAdagi debyutini 2014-yil 3-oktyabrda Clark Minnesota-Duluth Bulldogsga qarshi 4:1 hisobidagi gʻalabada oʻtkazdi, uch ochkoni (ikkita gol, bitta assist) qayd etdi[7].
Clark 2016-yil 4-dekabrda Wisconsinning azaliy raqibi Minnesota Golden Gophersga qarshi oʻyinda (8:2 gʻalaba) golli uzatmani yozdirib qoʻydi[8]. Dekabr oyida boʻlib oʻtgan har bir oʻyinda u kamida bitta ochko oldi. Saʼy-harakatlari natijasida u oʻz faoliyatidagi birinchi marta WCHA oy oʻyinchisi deb topildi. Clark Kanada Ayollar Xokkey Ligasida oʻynashni xohlagan edi, ammo kollejni bitirishidan oldin faoliyatini toʻxtatdi.
2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari
tahrirClark 2018-yilda Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtadigan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Kanada terma jamoasi tarkibiga tanlangan edi[9]. Clark oʻzining birinchi Olimpiyadagi golini yarim finalda Rossiya term jamoasi qarshi bahsda kiritdi, unda Kanada 5-0 hisobida gʻalaba qozondi[10].
2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari
tahrir2022-yil 11-yanvarda Clark Kanadaning 2022-yilgi Olimpiya terma jamoasiga kiritildi[11][12][13].
Faoliyat statistikasi
tahrirIzoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik
Kanada xokkeyi
tahrirMusobaqa | GP | G | A | PTS | PIM |
2011-yil Kanada qishki oʻyinlari | 7 | 1 | 0 | 1 | 4 |
2012-yilgi ayollar oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 5 | 2 | 2 | 4 | 2 |
2013-yilgi ayollar oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 5 | 1 | 4 | 5 | 6 |
2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 5 | 1 | 1 | 2 | 0 |
2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 5 | 1 | 0 | 1 | 4 |
2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 5 | 2 | 0 | 2 | 2 |
2018-yilgi Ayollar Olimpiadasi | 5 | 1 | 0 | 1 | 4 |
2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 7 | 2 | 0 | 2 | 4 |
2020-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | Koronabort qilingan | ||||
2021-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 7 | 1 | 2 | 3 | 4 |
2022-yilgi Ayollar Olimpiadasi | 2022-yil fevraliga rejalashtirilgan |
SFMAAAHL
tahrirTadbir | GP | G | A | PTS | PIM |
2009—2010 | 28 | 2 | 2 | 4 | 6 |
2010—2011 | 28 | 17 | 10 | 27 | 24 |
NCAA
tahrirIzoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik, PPG=Pover-pley goll, SHG=qisqa gol, GWG=gʻalaba keltiruvchi gol
Yil | GP | G | A | PTS | PIM | PPG | SHG | GWG |
2014—2015 | 36 | 12 | 15 | 27 | 22 | 1 | 1 | 4 |
2015—2016 | 38 | 24 | 21 | 45 | 18 | 5 | 0 | 7 |
2016—2017 | 30 | 15 | 21 | 36 | 24 | 3 | 0 | 7 |
2017—2018 | RS | - | - | - | - | - | - | - |
2018—2019 | 28 | 14 | 14 | 28 | 12 | 4 | 0 | 2 |
Mukofot va unvonlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Canada – 2014 Tournament – Roster“. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Player \- Emily Clark :: Statistics :: USCHO.com :: U.S. College Hockey Online“. USCHO.com. 2018-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2014-yil.
- ↑ Petrow, Erin. „'It's just so natural for me to play': Dreams become reality for Saskatoon Olympian Emily Clark“. Saskatoon StarPhoenix (21-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
- ↑ „Archived copy“. 19-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2014-yil.
- ↑ „The Official Website of Hockey Canada“.
- ↑ „Saskatoon Minor Hockey Association powered by GOALLINE.ca“. Saskatoon Minor Hockey Association. Qaraldi: 3-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Clark leads No. 2 Badgers past No. 10 Bulldogs, 4–1 – UWBadgers.com – The Official Athletic Site of the Wisconsin Badgers“. 3-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Sunday statement: No. 1 Badgers blitz No. 2 Golden Gophers 8–2: Nurse nets hat trick as UW scores its most goals of the season“. Wisconsin Badgers Athletics (4-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 17-fevral 2017-yil.
- ↑ „Emily Clark“. olympic.ca. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
- ↑ „Saskatoon's Emily Clark lives out 'childhood dream' on Olympic world stage“. Canadian Broadcasting Corporation (24-fevral 2018-yil). Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
- ↑ Awad. „Team Canada's women's hockey roster revealed for Beijing 2022“. Canadian Olympic Committee (11-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Canada's 2022 Olympic women's hockey team roster“. Canadian Press (11-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „2022 Olympic Winter Games (Women)“. www.hockeycanada.ca/. Hockey Canada (11-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Emily Clark Career Stats“. USCHO (2024-yil 1-dekabr). 2018-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2017-yil.
- ↑ http://www.wcha.com/women/pres1415/201410/oct7wpw.pdf [formatsiz URL PDF]
- ↑ http://www.wcha.com/women/pres1415/201502/feb2wpw.php
- ↑ „UW's Clark, MSU's Hinze And UND's Houston Named WCHA Women's Players of the Month Players honored for outstanding efforts in December 2016“. WCHA ice hockey (5-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 16-fevral 2017-yil.