Sarah Emily Davies(1830-1921) Girton kollejiga asos solgan ingliz feminist hisoblanadi. U suffragist sifatida hamda ayollar haq-huquqlari uchun targʻibot olib boradi. U yoshlik davrlarida ijfanlarni targʻib qilish milliy assotsiatsiyasi yigʻilishlarida qatnashgan va Barbara Bodichon va Elizabet Garret Anderson bilan doʻstlashgan.1862-yilda onasi bilan Londonga koʻchib borgandan soʻng, u English Woman's Journalda yozuvchi hamda tahrirchi sifatida ishlagan va Langham Place Groupga aʼzo boʻlgan.
1904-yilda Girtondan isteʼfoga chiqqandan soʻng, Davies „Ayollar saylov huquqi milliy jamiyati“ London boʻlimining kotibasi boʻladi, keyinroq „Konservativ va ittifoqchi ayollar franchayzing assotsiatsiyasi“ aʼzoligiga oʻtadi. U Londonda 91 yoshida vafot etdi. Hayoti davomida Deviesning taʼlimga boʻlgan qatʼiy qarashlari koʻplab munozaralarga sabab boʻlib kelgan, yaqin kunlarda tarixchilar uning yutuqlariga chuqurroq nazar sola boshlashdi.2019-yilda Baroness Hale Girton kollejining 150 yilligini nishonlash uchun asoschilar Emily Davies va Barbara Bodichonni birgalikda xotirlash uchun moviy nishonni taqdim etdi.

Emily Davies
Sarah Emily Davies

Rudolph Lehmann tomonidan chizilgan Emily Davies portreti,1880
Tavalludi 22-aprel 1830-yil
Carlton Crescent,Southampton, Angliya
Vafoti 13-iyul 1921-yil(1921-07-13)
(91 yoshda)
Belsize parki,London,Angliya
Fuqaroligi Ingliz
Otasi John Davies
Onasi Mary Hopkinson

Yoshligi

tahrir

Emily 1830-yil 22-aprelda Angliyaning Southampton shahridagi Carlton Crescent shahrida oʻqituvchi Mary va protestant ruhoniy Jon D.Davies oilasida tugʻilgan[1].Emily oilasi bilan Southamptonda edi, ammo otasining cherkovi Chichester yaqinida boʻlganligi sabab shu yerda yashagan. Ular 1836-yilda Normandiyaga koʻchib biroz muddatdan soʻng yana Chichesterga qaytishadi, keyinroq Gatesheadga,1939-yilda esa Durhamga borib yashashadi.
Jon D.Davies taʼlimga anʼanaviy patriarxal qarashlarga ega edi, shuning uchun uning uchta akasi xususiy maktablarda va ulardan ikkitasi Kembrij universitetida oʻqigan,Emily va uning katta singlisi Jane taʼlim olish oʻrniga uyda tikuvchilik va xayriya ishlari bilan shugʻullangan.1850-yillarda Emily Jane va ukasi Genriga gʻamxoʻrlik qildi, ularning ikkalasi ham sil bilan kasallangan edi.1858-yilda ular ikkalasi ham vafot etishadi, xuddi shu yili Qrim urushida jarohatlangan ukasi William ham dunyodan oʻtadi.

Ayollar haq-huqulari

tahrir

Emily ayollar huquqlari bilan yigirma yoshida tanishgan. Jazoirda ukasi Genrixga gʻamxoʻrlik qilayotganda Barbara Bodichon bilan uchrashdi va keyinroq Londonda akasi Jon Llevelin Davies bilan birga yashab,Elizabet Garret Anderson bilan Buyuk Britaniyadagi birinchi ayol shifokor boʻlmish Elizabet Blekvellning maʼruzalarida qatnashdi. Andersen va Bodichon Daviesni sufragist boʻlishga va ayollarga taʼlim berish borasida kurashishga undadi. U doʻsti Garret Andersonning tibbiy tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlagan Llevelin ismli shaxs bilan birga feministik uchrashuvlarga, ijtimoiy fanlarni targʻib qilish milliy assotsiatsiyasiga boradi[2].1860-yildan 1862-yilgacha yana Gatesheadda yashab,Ayollarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamiyatining mahalliy boʻlimini tuzdi va ayollar huquqlarini targʻib qiluvchi xatlar yozdi.1862-yil yanvar oyida otasining vafotidan soʻng Emily onasi bilan Londonga koʻchib ketdi.
Londonda Emily Ingliz ayollar jurnalida yozuvchi hamda tahrirchi sifatida ishladi, shuningdek, ayollar klubi hisoblangan Langham Place Groupga qoʻshilgan. U Victoria jurnalini yaratishga yordam berdi, keyinchalik jurnal bosh muharriri Emily Faithfull Codringtondagi ajrashish ishida tilga olingandan soʻʻng, bu jurnal bilan ishlamaslikka qaror qildi, chunki u axloqsizlikni qoʻllab-quvvatlayotgandek koʻrinishini istamadi. Uning „Tibbiyot ayollar sohasidir“ maqolasi 1862-yil iyun oyida Russell Gurney tomonidan Ijtimoiy fanlarni targʻib qilish milliy assotsiatsiyasida oʻqilgan. Oktabr oyidan boshlab ayollarga universitetga kirish imkoniyatini berish boʻyicha qoʻmitaning kotibasi sifatida ishlagan Davies sinov tariqasida Kembrijda mahalliy imtihonlardan oʻtish uchun 83 qizni yigʻdi. Keyinchalik 1000 ga yaqin oʻqituvchilar tomonidan ariza imzolanib 1865-yilda qizlarga Kembrijda imtihon topshirishga doimiy ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng,Davies qirollik komissiyasiga ekspert sifatida murojaat qilgan birinchi ayollardan biri boʻldi. U ayollarni London, Oksford,Kembrij universitetlariga qabul qilishni talab qildi[3].
Dorothea Beale,Barbara Bodichon,Frances Mery Buss va Elizabet Garrett Anderson kabi boshqa ayollar huquqlari himoyachilari bilan birga Davies ayollar muhokama guruhini,1865-yilda Kensington jamiyatini tashkil qildi. Keyinchalik „London saylov huquqi qoʻmitasi“ filial sifatida tuzildi va Davies Britaniya Qirollik parlamentidan Jon Styuart Mill tomonidan taqdim etilgan ariza orqali ayollarga ovoz berish huquqini berilishini soʻradi. Daviesning faqat turmushga chiqmagan ayollar va bevalar ovoz berishi kerakligiga ishonishi uni guruhdagi teng huquq istagan koʻpchilik ayollar bilan ziddiyatga olib keldi, shuning uchun u ovoz berish huquqi uchun tashviqotdan voz kechdi va oʻrniga ayollar uchun oliy maʼlumot berish masalasiga eʼtibor qaratdi[4].

Girton kolleji

tahrir
 
Girton kolleji,Kembrij

Davies ayollar taʼlimini muhokama qilish uchun 1866-yilda London maktab oʻqituvchilari uyushmasiga asos solgan. Avvaliga u Queenʼs Collegeni 18 yoshdan oshgan ayollar uchun kollejga aylantirishni maʼqul deb oʻyladi, ammo bu reja amalga oshmadi, shuning uchun u Britaniyadagi birinchi ayollar kollejini ochishga qaror qiladi. Frances Buss,Dorozthea Beale and Barbara Bodichon koʻmagi bilan London va Kembrij orasida joylashgan Hitchindagi Benslow House villasini ijaraga olib kollej ochadi. Dastlab beshta talaba bor edi. Keyin u 1873-yilda loyihani Kembrij chekkasiga koʻchirdi va u yerda kollej nomini Girton kollejiga oʻzgartirdi. Davies oʻzining yosh talaba qizlarini erkaklardan uzoqroq tutishga va ularga erkak zamondoshlari bilan bir xil taʼlim berishga tayyor edi[5].U oʻsha paytda erkaklarniki bilan bir xil boʻlgan oʻquv rejasini talab qildi. Senat uning ayollarga Tripos imtihonlarida rasman qatnashishi haqidagi takliflarini rad etdi, biroq Davies norasmiy tarzda talabalarni tayyorlashda davom etdi.1870-yil boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisidagi qarordan soʻng Davies Grinvich vakili sifatida London maktablari kengashiga saylandi. U 1873-yilda vakil sifatida qolishni istamay butun diqqatini Girton kollejiga qaratishni afzal koʻrdi.1871-yilda Anne Clough va Genri Sidgwick tomonidan faqat ayollarga moʻljallangan ikkinchi kollej-Nyunxem kolleji tashkil etildi. Davies 1873-yildan 1875-yilgacha Girton kollejida xoʻjayin boʻlib ishlab, keyingi oʻttiz yil davomida esa faxriy kotiba sifatida ishlagan. Karolin Krom Robertson 1877-yilda Daviesga yordamlashish uchun kollej boshqaruviga qoʻshildi[3].1896-yilda Davies „Angliya va Shotlandiya universitetlarida ayollar“ asarini nashr etib,Angliyadagi oliy taʼlimni tanqid qildi va Shotlandiya va Uels universitetlarini qiz va erkakga talabalar teng huquq qoʻyilganligi uchun maqtadi. Kembrij universiteti faqat 1940-yilda ayollarning rasman talaba boʻla olishlarini maʼlum qiladi[3].

Hayotining soʻnggi yillari

tahrir
 
Oldingi qator, chapdan oʻngga:Frances Balfour,Millicent Fawcett,Ethel Snowden,Emily Davies (qora shlyapali) and Sophie Bryant

1904-yilda Girtondan isteʼfoga chiqqandan soʼng,Davies Ayollar saylov huquqi milliy jamiyatining London boʻlimi kotibasi boʻldi va ikki yildan soʻng jamiyat aʼzolarini Birlashgan Qirollik Bosh vaziri-Genri Kempbell-Bannerman bilan muhokamaga olib keldi.1912-yilda Ayollar saylov huquqi jamiyatlari milliy ittifoqi Mehnat partiyasini qoʻllab-quvvatlashga qaror qilganida u London guruhini tark etdi, uning oʻrniga Konservativ va ittifoqchi ayollar franchayzing uyushmasiga qoʻshildi. U Sufragetlar tomonidan amalga oshirilgan jangarilar taktikasiga qarshi chiqqani bilan mashhur edi.1910-yilda Davies Konstans Jons soʻzboshisi bilan yozilgan „Ayollar bilan bogʻliq baʼzi savollar boʻyicha fikrlar“ nomli toʻplamini nashr ettirdi.
Davies 1914-yilda Londondagi Hampstead shahriga koʻchib oʻtdi va u 1916-yilda vafot etguniga qadar akasi Llevelinning bilan yashadi. Davies 1921-yil 13-iyulda 91 yoshida,Londondagi Belsize Parkdidagi uyida vafot etdi va ikki kundan keyin Sent-Merilebon qabristoniga dafn qilindi

Tanlangan asarlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Leonard, A. G. K. „Carlton Crescent: Southampton's most spectacular Regency development“. Southampton Local History Forum Journal 41–42. Southampton City Council (autumn 2010). 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-mart. (Note: birth date incorrect here.)
  2. Blake, Catriona. The Charge of the Parasols: Women's Entry to the Medical Profession, First, London, UK: The Women's Press Limited, 1990 — 57-bet. ISBN 0-7043-4239-1. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Lewis, Jone Johnson „Emily Davies“. ThoughtCo (2019-yil 18-iyun). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  4. Simkin, John „Emily Davies“. Spartacus Educational (1997). 2017-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  5. Gould, Paula (June 1997). "Women and the Culture of University Physics in Late Nineteenth-Century Cambridge". The British Journal for the History of Science 30 (2): 127–149. doi:10.1017/s0007087497002987.