Emma Nordin
Emma Elizabet Nordin (talaffuzi: Emma Nordin; 1991-yil 22 martda tugʻilgan) — shved xokkey hujumchisi va Shvetsiya milliy xokkey jamoasi aʼzosi, hozirda Shvetsiya ayollar xokkey ligasida (SDHL) Luleå HF/MSSK jamoasida oʻynaydi[1]. Koʻpincha ayollar xokkeyidagi eng yaxshi faol shved oʻyinchilaridan biri sifatida tilga olinadi, ikki marta Shvetsiyada yilning eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan, besh karra SDHL chempioni, SDHL tarixida ikkinchi eng koʻp gol urgan va 200 dan ortiq terma jamoa oʻyinlarida ishtirok etgan[2].
Emma Nordin | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
22-mart 1991-yil Örnsköldsvik, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.68 m (5 ft 6 in) | ||
Ogʻirligi | 68 kg (150 lb; 10 st 10 lb) | ||
Pozitsiyasi | Hujumchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | ||
SDHL Sobiq jamoalar |
Luleå HF/MSSK KRS Vanke Rays Modo Hockey | ||
Milliy jamoa | Shvetsiya | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2005—hozirgacha |
Faoliyati
tahrirÖrnsköldsvikda tugʻilgan Emma 2004-yilda, 13 yoshida oʻz shahrining Modo Xokkey klubida oʻynay boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsum oldidan Mododa sardor yordamchisi etib tayinlandi. Oʻsha mavsumda oʻzining birinchi Riksserien chempionligini yutdi[3].
2015-yilda Modoni tark etib, Luleå HF/MSSK ga qoʻshildi. Luleå bilan birinchi mavsumida 31 ta oʻyinda 62 ochko toʻplagan holda faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi[4]. Fevral oyida Shvetsiya terma jamoasi safida boʻlganida jarohat olganidan soʻng, mavsumning soʻnggi beshta oʻyinini hamda pley-offni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi[5].
2018—2019-yilda faoliyatidagi eng yaxshi 31 ta golga tenglashdi va jami 59 ochko toʻpladi va gollar soni boʻyicha ligada peshqadamlik qildi. Ochkolar boʻyicha barcha shved oʻyinchilari orasida birinchi oʻrinni egalladi[6]. SDHLning eng yaxshi hujumchisi va Shvetsiyaning yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, Luleå unvonni qoʻlga kiritdi, bu uning toʻrtinchi chempionlik gʻalabasi.
U 2019—2020-yilgi mavsumda belidagi jarohatlari tufayli 13 ta oʻyinni oʻtkazib yubordi, ammo Shvetsiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum bekor qilinishidan oldin Luleå pley-off finaliga chiqqannigacha 35 ochko qoʻshib oldi[7].
Xalqaro faoliyati
tahrirNordin 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya ayollar milliy xokkey jamoasida oʻynagan. U barcha beshta oʻyinda qatnashib, bitta golli uzatmani qayd etdi[8][9]. 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 6 ta oʻyinda 3 ochko, 2018-yilgi Qishki Olimpiadada esa 6 ta oʻyinda 4 ochko toʻplagan.
Nordin Shvetsiya terma jamoasi safida oltita IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Uning birinchi oʻyini 2008-yilda boʻlgan[10][11][12].
Shvetsiya xokkey federatsiyasidan ayollar terma jamoasi uchun sharoitlarni yaxshilashni jamoadoshlari bilan talab qilgan.
Yoshligidagi terma jamoa
tahrirNordin Shvetsiyaning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy xokkey jamoasida 2008- va 2009-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF Jahon chempionatida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2009-yilgi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi[13][14].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlublardagi statistikasi
tahrirEslatma: Riksserien 2016-yilda oʻz nomini SDHL ga oʻzgartirdi. GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlikni anglatadi.
Muntazam mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
2007-2008 | Modo Hockey | Riksserien | 11 | 3 | 3 | 6 | 4 | 4 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2008-2009 | Modo Hockey | Riksserien | 18 | 1 | 7 | 8 | 12 | 6 | 0 | 5 | 5 | 2 | ||
2009-2010 | Modo Hockey | Riksserien | 12 | 3 | 4 | 7 | 0 | 4 | 0 | 1 | 1 | 2 | ||
2010-2011 | Modo Hockey | Riksserien | 26 | 4 | 4 | 8 | 14 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||
2011-2012 | Modo Hockey | Riksserien | 25 | 5 | 10 | 15 | 12 | 3 | 1 | 1 | 2 | 0 | ||
2012-2013 | Modo Hockey | Riksserien | 28 | 16 | 12 | 28 | 10 | 3 | 2 | 4 | 6 | 0 | ||
2013-2014 | Modo Hockey | Riksserien | 28 | 17 | 22 | 39 | 16 | 3 | 2 | 3 | 5 | 0 | ||
2014-2015 | Modo Hockey | Riksserien | 28 | 14 | 21 | 35 | 10 | 5 | 2 | 2 | 4 | 0 | ||
2015-2016 | Luleå HF/MSSK | Riksserien | 31 | 31 | 31 | 62 | 16 | - | - | - | - | - | ||
2016-2017 | Luleå HF/MSSK | SDHL | 31 | 15 | 23 | 38 | 6 | 4 | 2 | 3 | 5 | 2 | ||
2017-2018 | Luleå HF/MSSK | SDHL | 35 | 27 | 31 | 58 | 6 | 7 | 6 | 4 | 10 | 0 | ||
2018-2019 | Luleå HF/MSSK | SDHL | 36 | 31 | 28 | 59 | 10 | 11 | 11 | 6 | 17 | 2 | ||
2019-2020 | Luleå HF/MSSK | SDHL | 23 | 14 | 21 | 35 | 4 | 6 | 1 | 5 | 6 | 0 | ||
SDHLda jami | 332 | 181 | 217 | 398 | 120 | 58 | 28 | 35 | 63 | 8 |
Xalqaro statistikasi
tahrirYil | Jamoa | Musobaqa | GP | G | A | Pts | PIM |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2008-yil | Shvetsiya U18 | U18 | 5 | 1 | 0 | 1 | 2 |
2008-yil | Shvetsiya | WW | 4 | 0 | 2 | 2 | 0 |
2009-yil | Shvetsiya U18 | U18 | 5 | 2 | 1 | 3 | 8 |
2009-yil | Shvetsiya | WW | 5 | 0 | 1 | 1 | 0 |
2010-yil | Shvetsiya | Oly | 5 | 0 | 1 | 1 | 2 |
2011-yil | Shvetsiya | WW | 5 | 0 | 1 | 1 | 0 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Две россиянки, трое призёров ЧМ-2021: «КРС Ванке Рэйз» обновили состав“ (ru). whl.khl.ru (2021-yil 3-sentyabr). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- ↑ Rönnkvist. „Här är decenniets SDHL-lag“ (sv). HockeySverige (2020-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
- ↑ Häggkvist. „Nordin: Jag är bättre än någonsin“ (sv). Örnsköldsviks Allehanda (2013-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Tjat bakom VM-stjärnans lyft“ (sv). Aftonbladet (2019-yil 3-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ Fredriksson. „Nordin: "Frustrationen har kommit och gått"“ (sv). Aftonbladet (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ Rönnkvist. „Den svenska stjärnan som lyser klarast: "Känner mig mycket tryggare i mig själv"“ (sv). HockeySverige (2019-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ Rönnkvist. „På väg tillbaka efter skadehelvetet – men oklart om det blir mer landslagsspel“ (sv). HockeySverige (2020-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ IIHF — Team Sweden Stats — 2010 Olympics
- ↑ IIHF. IIHF Media Guide & Record Book 2012. Fenn/M&S, 2011 — 557-bet. ISBN 978-0-7710-9598-6.
- ↑ „IIHF — Team Sweden Stats — 2008 World Championship“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- ↑ „IIHF — Team Sweden Stats — 2009 World Championship“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- ↑ IIHF — Team Sweden Stats — 2011 World Championship
- ↑ „IIHF — Team Sweden Stats — 2008 U-18 World Championship“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- ↑ „IIHF — Team Sweden Stats — 2009 U-18 World Championship“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.