Emma Watson

ingliz aktrisasi, modeli va faoli

Emma Charlotte Duerre Watson (talaffuzi: Emma Sharlotta Dyuerr Uotson; 1990-yil 15-aprelda tugʻilgan) ingliz aktrisasi va faolidir. U koʻplab blockbusterlar va mustaqil filmlarda jonlantirgan rollari, shuningdek, ayollar huquqlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari bilan shuhrat qozongan. 2015-yilda Time jurnali Watsonni dunyoning eng nufuzli 100 kishisidan biri deya eʼlon qildi. Forbes va Vanity Fair nashrlari esa uni dunyodagi eng yuqori maosh oladigan aktrisalar qatoriga joylashtirdi.[1][2][3]

Emma Watson

Watson 2017-yilda
Tavalludi
Emma Charlotte Duerre Watson

15-aprel 1990-yil (1990-04-15) (34 yosh)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Kasbi
Faoliyat yillari 1999—hozirgacha
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat

Parijda tugʻilgan va Oxfordshireda oʻsgan Watson dastlab Dragon Schoolda, keyin esa Stagecoach Theatre Artsning Oxforddagi filialida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan. Bolaligida u Harry Potter filmlarida Hermione Granger sifatida ilk professional rolini jonlantirganidan soʻng yulduzlik darajasiga koʻtarilgan boʻlib, ilgari faqat maktabda pyesalarida rollar oʻynagan. Watson 2007-yilda Ballet Shoes romani asosida suratga olingan telefilmida ham rol oʻynaydi hamda Desperoning sarguzashtlari (2008) multfilmidagi malika Pea personajiga ovoz beradi. Harry Potter film qismlarining final qismidagi rolidan soʻng, u My Week with Marilyn (2011) filmida ikkinchi darajali rolni, The Perks of Being a Wallflower (2012) filmida esa xushchaqchaq talaba rolini oʻynadi. Keyinchalik u Sofia Coppola tomonidan suratga olingan The Bling Ring (2013) filmida Alexis Neiers rolini hamda epik janrida suratga olingan Noah (2014) filmida titular qahramonning asrab olingan qizi rolini jonlantirganidan keyin yanada shuhrat qozondi. Oʻsha yili Watson BAFTAning Yilning eng yaxshi artisti nominatsiyasiga loyiq topildi. U, shuningdek, umumjahon boʻyicha eng kassabop filmlardan biri boʻlmish Sohibjamol va maxluq (2017) nomli musiqiy va romantik janridagi filmda Belle rolini hamda Little Women (2019) nomli drama janridagi filmda Meg March rolini gavdalantirgan.

2011-yildan 2014-yilgacha Watson oʻz vaqtini filmlar ustida ishlash hamda taʼlim olishni davom ettirishga sarfladi, jumladan 2014-yil may oyida Brown universitetining ingliz tili adabiyoti fakultenini tamomladi. Shu yili u BMT-ayollar Yaxshi niyat elchisi deb tayinlandi va gender tenglikni himoya qiluvchi BMT-ayollar kampaniyasi boʻlmish HeForSheni boshlashga koʻmaklashdi. 2018-yilda u taʼsischi oʻlaroq Time's Up UK tashkilotini ochishga koʻmaklashdi. Watson 2019-yilda Katta yettilikning ayollar huquqlari boʻyicha maslahat organiga tayinlangan, tashqi siyosat masalalari boʻyicha liderlar bilan maslahatlashgan. Uning modellashtirish ishlari Burberry va Lancôme uchun kampaniyalarni oʻz ichiga olgan. U, shuningdek, oʻz nomini People Tree barqaror brendining kiyik-kechak tarmogʻiga berdi. 2020-yilda u barqaror moda himoyachasi oʻlaroq hashamatli brendlar guruhi boʻlmish Kering direktorlar kengashiga qoʻshildi.

Watson 2013-yilgi Cannes film festivalida

Hayoti

tahrir

Emma Charlotte Duerre Watson[4] 1990-yil 15-aprelda Parijda ingliz huquqshunoslar — Chris Watson va Jacqueline Luesby oilasida tugʻilgan.[5][6][7][8] Watson besh yoshiga qadar Parij yaqinidagi Maisons-Laffitte kommunasida istiqomat qiladi. Ota-onasi u yoshligida ajrashishadi hamda Watson onasi bilan Angliyadan Oxfordshirega koʻchib oʻtadi, dam olish kunlarida esa vaqtini otasining Londondagi uyida oʻtkazadi.[6][9] Watson aytishicha, u fransuzchada biroz soʻzlasha oladi, lekin avvalgidek „unchalik yaxshi emas“.[10] Onasi va akasi bilan Oxfordga koʻchib kelganidan soʻng, u Dragon Schoolda tahsil oldi, u yerda 2003-yilga qadar qoldi.[6] Olti yoshidan u aktrisa boʻlishni istaydi[11] hamda sirtqi teatr maktabi hisoblangan Stagecoach Theatre Artsning Oxforddagi filialida qoʻshiqchilik, raqs va aktyorlik boʻyicha tahsil oladi.[12]

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Rol Izoh
2001 Harry Potter va hikmatlar toshi Hermione Granger
2002 Harry Potter va maxfiy hujra
2004 Harry Potter va Azkaban mahbusi
2005 Harry Potter va Alanga kubogi
2007 Harry Potter va Feniks Jamiyati
2008 Desperoning sarguzashtlari Malika Pea Ovoz bergan
2009 Harry Potter va Tilsim shahzodasi Hermione Granger
2010 Harry Potter va Ajal tuhfasi- 1qism
2011 Harry Potter va ajal tuhfasi: 2-qism
My Week with Marilyn Lucy
2012 The Perks of Being a Wallflower Sam
2013 The Bling Ring Nicki Moore
This Is the End Oʻzi
2014 Noah Ila
2015 Colonia Lena
Regression Angela Gray
2017 Sohibjamol va maxluq Belle
The Circle Mae Holland
2019 Little Women Margaret „Meg“ March

Televideniye

tahrir
Yil Nomi Rol Izoh
2007 Ballet Shoes Pauline Fossil Televizion film
2015 The Vicar of Dibley Reverend Iris Qism: „The Bishop of Dibley“

Musiqiy kliplar

tahrir
Yil Nom Rol Artist
2010 „Say You Don't Want It“ Lady One Night Only

Mualliflik maqolalari

tahrir

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Emma Watson“. TIME. 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  2. „Emma Watson is named Hollywood's highest paid female actor“. The Guardian (10-fevral 2010). Qaraldi: 28-dekabr 2020.
  3. „Emma Watson: $14 million“. CBS News. Qaraldi: 28-dekabr 2020.
  4. „Emma Watson“. Late Show with David Letterman. Episode 3145. 8-iyul 2009. CBS.{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()
  5. Walker, Tim. „Emma Watson: Is there Life After Hermione?“. The Independent (29-sentabr 2012). 30-sentabr 2012da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2008.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Life & Emma“. Emma Watson official website. 21-aprel 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2010.(Wayback Machine saytida 2012-04-02 sanasida arxivlangan)
  7. „Warner Bros. Official site“. Adobe Flash. harrypotter.warnerbros.co.uk. 10-aprel 2006da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart.
  8. Barlow, Helen. „A life after Harry Potter“. The Sydney Morning Herald. 3-iyul 2007da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart.
  9. Self, Will. „Emma Watson, The Graduate“. The New York Times (17-avgust 2012). 26-yanvar 2017da asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Q&A with Emma Watson – The Hour Publishing Company: Entertainment News“. Thehour.com (18-dekabr 2008). 3-sentabr 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2014.
  11. Watson, Emma „Emma“. Emma Watson's Official Website. 2-avgust 2007da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2007.(Wayback Machine saytida 2007-08-02 sanasida arxivlangan)
  12. Reece, Damian. „Harry Potter drama school to float“. The Daily Telegraph (4-noyabr 2001). 16-oktabr 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir