Emre Tetikel (1985-yil 2-avgustda tugʻilgan) – turk kinosi, televideniye va teatr aktyori, oʻqituvchi va yozuvchi sifatida ham faoliyat yuritgan. Tetikel Turkiyada Ayakta Kal filmidagi Berk va Karagül serialidagi Şahin rollari bilan tanilgan.

Emre Tetikel

Emre Tetikel 2020-yil
Tavalludi 2-avgust 1985-yil (1985-08-02) (39 yosh)
Fuqaroligi  Turkiya
Kasbi Aktyor, yozuvchi
Faoliyat yillari 2003-hozirgacha
Boʻyi 1,80 m (5 fut 11 dyuym)
Veb-sayti emretetikel.com

Yoshligi

tahrir

Emre Tetikel 1985-yilda Tekirdağda tugʻilgan va yoshlik davri shu yerda oʻtgan[1]. Namik Kemal nomidagi oʻrta maktabda tahsil olgan. Emre Tetikel oʻrta maktabda va litseyda oʻqib yurgan paytlardayoq aktyorlikka qiziqishi juda yuqori boʻlgan. Tekirdagʻ shahridagi teatr va havaskor teatr jamoalariga borib qoʻshilgan[2].

Faoliyati

tahrir

Tetikel universitetda oʻqish maqsadida, Tekirdağni tark etdi va Istanbulga koʻchib oʻtdi. Kaliforniyaning Nyuport universiteti ingliz tili va biznes boshqaruvi boʻyicha masofaviy taʼlimini oq’ib tamomladi. Tetikel 2008-yilda Selçuk Uluergüven bilan uchrashdi. Uluergüven va Aykut Oraylar bilan birga teatr taʼlimini olib, turli teatr oʻyinlarida birga qatnashib, professional boʻlishga intilishgan. Aktyorlik taʼlimini Bahariye sanʼat markazi, Nyu-Yorkdagi dramatik sanʼat konservatoriyasi, NY kino akademiyasi va Ekol dramasida davom ettirdi. Talabalik yillarida televidenie va internet reklamalarida chiqa boshladi. 2008-yilda u Dur Yolcu serialida Morfi Makmaxon obrazini oʻynagan. Keyinchalik birinchi marta teleserialda suratga tushgan. Tetikel ilk marta Ayakta Kal filmida Berk obrazida suratga tushgan[3]. 2009-yil 16-yanvarda suratga olingan, bir necha Tele reklama, kinofilm va seriallarda suratga tushdi. Keyinchalik u Karagül filmida oʻynagan Sahin obrazi bilan turk tomoshabinlarining eʼtiboriga va olqishiga sazovor boʻldi[4]. Son Çıkış filmidada Engin obrazini oʻynagan[5].

Filmografiya

tahrir
TV seriallar
Yil nomi Rol Rejissyor TV kanallar izoh
2008 Dur Yolcu Morphy McMahon İsmail Güneş TRT 1 Bosh rol
2009 Küçük Kadınlar Murat Hakan Arslan Kanal D Yordamchi rol
2010 Keskin Bıçak Harun Yasin Uslu Fox TV Yordamchi rol
2014 Aşkın Kanunu Şurup Halil Çağatay Tosun TRT 1 Yordamchi rol
2015 Karagül Şahin Murat Saraçoğlu Fox TV Bosh rol
2015 Son Çıkış Engin Ayhan Özen TRT 1 Bosh rol
2017 Ateş Böceği Berk Barış Yöş Star TV Yordamchi rol
2018 Adını Sen Koy Teoman Fulya Yavuzoğlu Star TV Bosh rol
2019 Arka Sokaklar Numan Orhan Oğuz Kanal D Yordamchi rol
2021 Barbaroslar: Akdeniz’in Kılıcı Radko Knight Doğan Ümit Karaca TRT 1 Yordamchi rol

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Yüceer Tekirdağ'ı anlattı“. www.cerkezkoybakis.com.tr. 2020-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  2. „Emre Tetikel ~ Sinematurk.com“. Sinematurk. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  3. „'Ayakta Kal'anların galası“ (tr). Milliyet. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  4. „Emre Tetikel... HEM OYUNCU HEM DE YAZAR KİMLİĞİ İLE KARŞIMIZDA !..“ (tr). Magazin Kolik (2015-yil 25-iyun). Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  5. „emre tetikel – Milliyet“ (tr). MİLLİYET – ARAMA. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.