Enda Stevens
Enda John Stevens (talaffuzi: Enda Jon Stivens) (1990-yil 9-iyulda tugʻilgan) – irlandiyalik professional futbolchi. Enda Stevens EFL chempionati vakili „Sheffield United“ futbol klubi va Irlandiya Respublikasi milliy futbol terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Enda John Stevens[1] | ||
Tavallud sanasi | 9-iyul 1990-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Dublin, Irlandiya | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sheffield United | ||
Raqami | 3 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2006 | Cherry Orchard | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | UCD | 36 | (0) |
2009 | St Patrick’s Athletic | 30 | (0) |
2010—2011 | Shamrock Rovers | 46 | (0) |
2012—2015 | Aston Villa | 7 | (0) |
2013 | → Notts County (ijara) | 2 | (0) |
2013—2014 | → Doncaster Rovers (ijara) | 13 | (0) |
2014 | → Northampton Town (ijara) | 4 | (1) |
2014—2015 | → Doncaster Rovers (ijara) | 28 | (1) |
2015—2017 | Portsmouth | 90 | (1) |
2017 | Sheffield United | 184 | (8) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Irlandiya U-21 | 3 | (0) |
2018 | Irlandiya | 25 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 5-noyabr uchun) |
Yoshligi
tahrirEnda Stevens Irlandiyaning Dublin okrugi, Dublin shahrida tugʻilgan[4]. Enda Stevens professional futbol oʻynashdan oldin „St James Gaels“ jamoasi uchun Gal futboli oʻynagan[5].
Klublardagi oʻyin faoliyati
tahrirEnda Stevens yoshligida „Cherry Orchard“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, Enda Stevens „UCD“ futbol klubi bilan professional shartnoma tuzdi. 2009-yilgi mavsum oxirida Enda Stevens „UCD“ futbol klubini tark etdi. Shundan soʻng, Enda Stevens „Nottingham Forest“, „Hull City“, „Stockport County“ va „Yeovil Town“ futbol klublarida sinovdan oʻtdi. KJeyin Enda Stevens „St Patrick's Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Enda Stevens klub safidagi ilk professional oʻyinini 2009-yil mart oyida „Cork City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[6].
Shamrock Rovers
tahrirEnda Stevens 2009-yil dekabr oyida „Shamrock Rovers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[7][8]. Enda Stevens klub safidagi ilk oʻyinini 2010-yil 21-martda Tallaght stadionida „Dundalk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[9].
2011-yilda Enda Stevens „Shamrock Rovers“ futbol klubi bilan Irlandiya Setanta kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Enda Stevens klub safida 2011-yilda yana liga chempionligini qoʻlga kiritdi.
2011-yilda Enda Stevens PFA yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi[10] mukofotini qoʻlga kiritib, unutilmas yilni yakunladi.
Aston Villa
tahrir2011-yilning 31-avgustida "Aston Villa" futbol klubi menejeri Alex McLeish Enda Stevens bilan 2012-yil yanvaridan kuchga kirgan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. „Aston Villa“ futbol klubi maʼmuriyati 2012-yil 3-yanvarda Enda Stevens bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi[11].
Notts County (ijara)
tahrirKeyinchalik, Enda Stevens „Notts County“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Enda Stevens 2013-yilning 27-avgustida "Liverpool" futbol klubiga qarshi Liga kubogi bahsida yangi klub safida ilk oʻyinini oʻtkazdi[12]. Enda Stevens „Notts County“ futbol klubi safida barcha musobaqalarda toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, bir oylik ijaradan soʻng „Aston Villa“ futbol klubi safiga qaytdi.
Enda Stevens 2013-yil 28-noyabrda „Doncaster Rovers“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasini imzoladi[13]. Keyin Enda Stevens 2014-yil 10-oktabrda „Northampton Town“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[14].
Portsmouth
tahrir2015-yilning 15-iyunida Enda Stevens „Portsmouth“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[15]. „Portsmouth“ futbol klubidagi birinchi mavsumida Enda Stevens 53 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Sheffield United
tahrirEnda Stevens 2017-yil may oyida „Sheffield United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan edi[16]. 2019-yil 28-aprelda Enda Stevens „Sheffield United“ futbol klubi bilan Angliya Premyer-ligasiga koʻtarildi[17]. 2020-yilning mart oyida Enda Stevens klub bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Unga koʻra, Enda Stevens „Sheffield United“ futbol klubi safida 2023-yilgacha qoladigan boʻldi[18].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
UCD | 2008 | Irlandiya Premyer ligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
Jami | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
St Patrick’s Athletic | 2009 | Irlandiya Premyer ligasi | 30 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 42 | 0 |
Jami | 30 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 42 | 0 | ||
Shamrock Rovers | 2010 | Irlandiya Premyer ligasi | 18 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 25 | 0 |
2011 | 28 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 | 45 | 0 | ||
Jami | 46 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 19 | 0 | 70 | 0 | ||
Aston Villa | 2011—2012 | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
2012—2013 | 7 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | ||
2013—2014 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Jami | 7 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | ||
Notts County (ijara) | 2013—2014 | EFL Birinchi liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 |
Doncaster Rovers (ijara) | 2013—2014 | EFL chempionati | 13 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 0 |
Northampton Town (ijara) | 2014—2015 | EFL Ikkinchi ligasi | 4 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 |
Doncaster Rovers (ijara) | 2014—2015 | EFL Birinchi liga | 28 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 32 | 1 |
Portsmouth | 2015—2016 | EFL Ikkinchi ligasi | 45 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 53 | 0 |
2016—2017 | 45 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 46 | 1 | ||
Jami | 90 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 99 | 1 | ||
Sheffield United | 2017—2018 | EFL chempionati | 45 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 47 | 1 |
2018—2019 | 45 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 46 | 4 | ||
2019—2020 | Premyer-liga | 38 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 40 | 2 | ||
2020—2021 | 30 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 32 | 0 | |||
2021—2022 | EFL chempionati | 22 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 24 | 2 | |
2022—2023 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | |||
Jami | 184 | 8 | 5 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | 193 | 9 | ||
Jami | 406 | 11 | 27 | 0 | 8 | 1 | 29 | 0 | 470 | 12 |
Manbalar
tahrir- ↑ „List of Players under Written Contract Registered Between 01/07/2017 and 31/07/2017“. The Football Association. 2019-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Enda Stevens: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
- ↑ „Enda Stevens: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
- ↑ „Enda Stevens: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
- ↑ „Enda Stevens' circuitous career justifies the term 'journey'“. The Irish Times (2017-yil 25-noyabr). — „Father Gerry and Enda were both keen Gaelic footballers and Enda continued to play - quietly - once he had moved from UCD to St Patrick's Athletic in 2009 when he was 18. 'Me Da played soccer as a kid, I think as far as Home Farm. Then he went into the Gaelic and hurling. I played both as well until I was 16. Even when I was playing for Pat's I was sneaking around playing Gaelic for St James Gaels on a Wednesday – my day off. Wednesday nights down the Iveagh Grounds. I loved it, always been a big part of my family, we’d all get together on a Sunday for Dublin games'.“.
- ↑ „Cork City 0 – St Patrick's Athletic 1“. St Patrick's Athletic F.C. (2009-yil 13-mart). Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
- ↑ „Latest new signing – Enda Stevens“. shamrockrovers.ie (2009-yil 10-dekabr). 2009-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-dekabr.
- ↑ Aidan Fitzmaurice. „Mahon unsure of future St Pat's plans“. Herald.ie (2009-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 10-dekabr.
- ↑ „Latest Result – Rovers 0:2 Dundalk“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Extratime.ie – League of Ireland Sports news, stats, match results, features and news“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-avgust.
- ↑ „Picture gallery: Stevens signs Villa deal while Lichaj returns“. avfc.co.uk (2012-yil 3-yanvar). 2012-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-yanvar.
- ↑ „Liverpool 4–2 Notts County (after extra-time)“. BBC Sport (2013-yil 27-avgust). Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Search For A Left Back 'Enda's“. DRFC Official Site. Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.
- ↑ „Aston Villa's Enda Stevens joins Northampton Town on loan“. BBC Sport (2014-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
- ↑ „Stevens signs for Pompey“. Portsmouth FC (2015-yil 15-iyun). Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
- ↑ „Enda Stevens: Sheffield United sign Portsmouth left-back on three-year deal“. BBC Sport (2017-yil 22-may). Qaraldi: 2017-yil 23-may.
- ↑ „Sheffield United promoted to Premier League after Leeds draw“. BBC Sport (2019-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
- ↑ „Ireland's Enda Stevens rewarded with new long-term deal at Sheffield United“. the42.ie (2020-yil 12-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-mart.