Engadagi oʻpirilish (2024)
2024-yil 24-may kuni Papua-Yangi Gvineyaning Mulitaka shahrida tuproq koʻchkisi sodir boʻlgan. Koʻchki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok boʻlgan deb taxmin qilinayotgan boʻlsada[5], faqatgina oltita jasad topilgan[4]. Shuningdek, Kaokalam va Tulipana qishloqlarida 2500 ga yaqin aholi bedarak yoʻqolgan[6]. Bu 1998-yilgi Papua-Yangi Gvineyadagi zilzilasidan keyin mamlakatdagi eng halokatli tabiiy ofat ekanligi va Vargas fojiasidan keyin jahon miqyosidagi eng halokatli koʻchki ekanligi aytilmoqda.
Kelib chiqishi
tahrirPapua-Yangi Gvineya muntazam ravishda togʻli hududi, ob-havosi, iqlimi, qashshoqlik darajasi va hukumatning notoʻgʻri boshqaruvi tufayli aziyat chekib kelgan. 2024-yilda mamlakatda kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari kuzatilgan[2]. Shu yilning aprel oyidagi koʻchki 14 kishining hayotiga zomin boʻlgan boʻlsa, may oyida sodir boʻlgan holat sababli kamida 21 kishining halok boʻlgan[7].
Sabablari
tahrir18-may kuni koʻchki sodir boʻlgan joydan 105 km (65 milya) gʻarbda 4,5 ballik zilzila ham qayd etilgan[8]. Mahalliy aholining aytishicha, aynan shu zilzila koʻchkiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin[1]. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakati zilzilaning asosiy sababchisi haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytib, oltin qazib olish yoki kuchli yomgʻirbu holatni keltirib chiqarganligini tahmin qilgan[2].
Taʼsiri
tahrirKoʻchki 24-may kuni, Papua-Yangi Gvineya vaqti bilan taxminan 03:00 da (23-may, 17:00 UTC)[9] Mungalo togʻining ohaktosh yon bagʻirlaridan koʻp miqdorda vayronalar koʻchgan vaqtda soʻng sodir boʻlgan[10][2]. Koʻchki Maip Muritaka Rural LLG dagi oltita qishloqni vayron qilgan[11]. Birgina Kaokalam qishlogʻida oʻnlab uylar vayronaga aylangan va 500 ga yaqin odam halok boʻlgan[4]. Koʻchki natijasida Porgera oltin koni yaqinidagi avtomagistralda harakatlanish toʻxtatilgan va Kaokalamga olib boruvchi asosiy magistralning 150 metri (490 fut) vayrona holatga kelib qolgan, bu esa yoqilgʻi va tovarlar yetkazib berish boʻyicha bir qator muammolarni keltirib chiqargan[12][1][13]. Magistral yoʻlda ishlayotgan yoʻl qurilish brigadasi ham koʻchki ostida qolgan[14] .
Tulipana qishlogʻida 2000 ga yaqin odam dafn etilgan[3]. Hududni poytaxt Port-Morsbi bilan bogʻlaydigan Highlands avtomagistrali ham yopib qoʻyilgan. Qishloqni oziq-ovqat bilan taʼminlaydigan bogʻlar ham vayrona holatga kelib qolganligi aytilmoqda[15]. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti rasmiysi koʻchki qoplagan maydon „uch-toʻrtta futbol maydoni“ga teng ekanligini taxmin qilgan[16].
2000-yildagi soʻnggi milliy roʻyxatga olinishdan soʻng, aholini qayta roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli, davlat qurbonlar sonini aniqlash bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan[17]. 27-may kuni birgina Yambali qishlogʻida sodir boʻlgan koʻchki oqibatida 2000 kishi halok boʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan[5]. Bu raqamlar hukumat amaldorlari tomonidan tasdiqlanmagan[16]. Umumiy hisobda hududda 4000 dan ortiq odam zarar koʻrgan[18]. Olti qurbonga tegishli beshta jasad va bir oyoq topilgan[10]. Yetti kishi jarohatlangan[19] va yana toʻrt kishi qutqarib qolingan, 1182 ta uy vayron boʻlgan yoki turpoq ostida qolgan[20][21], 1250 ga yaqin odam hududdan koʻchirilgan[22]. 5000 dan ortiq choʻchqalar, 100 ta doʻkonlar va beshta transport vositalari hamda ikkita sogʻliqni saqlash markazi[23] turpoq ostida qolgani va vayron boʻlgani aytilmoqda[24]. 250 ta uyning ahvoli yomonligi sababli ularda yashovchi 1250 nafarga yaqin aholi koʻchirilgan[10].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Papua New Guinea landslide: More than 100 people feared dead in remote region“ (en). CNN (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Papua New Guinea: Large landslide causes 'loss of life and property'“ (en). Le Monde (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ 3,0 3,1 „Mulitaka landslide: Total number of people missing yet to be confirmed“. Papua New Guinea Post-Courier (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „PNG landslide: Couple pulled alive from rubble as 690 feared dead“. asiapacificreport.nz (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ 5,0 5,1 „Death toll in Papua New Guinea climbs to 2,000“ (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Huge landslide strikes remote village in Papua New Guinea, with 100 people feared dead“. ABC News (Australia) (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Why does Papua New Guinea experience so many fatal landslides — and what can be done?“. Australian Broadcasting Corporation. 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ National Earthquake Information Center. „M 4.5 – 96 km WNW of Porgera, Papua New Guinea“. United States Geological Survey (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Papua New Guinea: More than 670 killed by landslide, new local estimates say“. Sky News (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 McGuirk, Rod. „Over 670 people died in a massive Papua New Guinea landslide, UN estimates, as survivors seek safety“. Associated Press (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „Papua New Guinea landslide: fears up to 100 dead in remote northern region“. The Guardian (2024-yil 24-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Hundreds Feared Dead After Landslide Hits Remote Papua New Guinea Village“. Citizen TV (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „More than 100 feared dead in massive landslide in Papua New Guinea“ (en-US). CBS News (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Entire village buried alive in landslide“. Papua New Guinea Post-Courier (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Papua New Guinea landslide: rescue convoy heads to remote village as scores feared buried“. The Guardian. 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ 16,0 16,1 McGuirk, Rod. „More than 100 people believed killed by a landslide in Papua New Guinea, Australian media report“. Associated Press (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „More than 2,000 people buried in Papua New Guinea landslide“. France 24 (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Situation in Papua New Guinea 'catastrophic' following landslide, with 4,000 in need of aid“. Australian Broadcasting Corporation (2024-yil 25-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ McGuirk, Rod. „Emergency convoy takes provisions to survivors of devastating landslide in Papua New Guinea“. Associated Press (2024-yil 25-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ „Hundreds feared dead after huge landslide in Papua New Guinea“. Radio New Zealand (2024-yil 24-may). 2024-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „More than 300 buried in Papua New Guinea landslide, local media says“. Reuters (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ „UN migration agency estimates more than 670 killed in Papua New Guinea landslide“ (en). Associated Press (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ Faa, Marian. „More than 670 people now feared dead following landslide in Papua New Guinea's highlands“. Australian Broadcasting Corporation (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „Akem calls for help after landslide buried a whole village in Enga Province“. Papua New Guinea Post-Courier (2024-yil 25-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
Havolalar
tahrir- Papua-Yangi Gvineyadagi koʻchkining guvohlar tomonidan tushurilgan tasviri — Video NBC News tomonidan eʼlon qilingan.
- Papua-Yangi Gvineya qishlogʻida sodir boʻlgan koʻchki oqibatida yuzlab odamlar halok boʻlishiga sabab boʻlyabdi —Fotosuratlar Hindustan Times tomonidan chop etilgan.