English Collocations in Use Advanced
„English Collocations in Use Advanced“ („Amaldagi inglizcha kollokatsiyalar: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tili kollokatsiyalari boʻyicha Felicity O'Dell hamda Michael McCarthy qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2008-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yil ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan.
Muallif(lar) |
Felicity O'Dell Michael McCarthy |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 2008 |
Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 188 |
ISBN | ISBN 978-0-521-70780-0 |
Asarga kiritilgan kollokatsiyalarni tanlab olishda mualliflar Nottingham universiteti bilan Kembrij universiteti nashriyoti hamkorlikda tuzgan va millionlab soʻz va soʻz biriklmalarini oʻz ichiga oluvchi CANCODE til korpusiga tayangan. „Advanced Collocations in Use“ oʻquvchilar va munaqqidlar tomonidan ijobiy baholandi[1]. Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan va IELTS hamda TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllanadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Tohidian, Iman (Sentyabr 2009). „English Collocations in Use: Advanced“. Teaching English as a Second or Foreign Language. 13-jild, № 2. Qaraldi: 28-iyul 2023-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()