Entoriya
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Entoriya (lotincha: Entoria) — qadimgi Rim mifologiyasining qahramoni. Rim dehqonining qizi. Qishloq xoʻjaligi xudosi Saturn (Krona)dan Yanus, Gimn, Faust va Feliks ismli toʻrt nafar oʻgʻil koʻrgan.
Jins | ayol |
---|---|
Bolalari | Yanus, Hymnus, Feliks va Faustus |
Saturn bir marta odam qiyofasida Entoriyaning otasining oldiga borganida va uni uyda mehmondoʻstlik bilan kutib olishgan. Shu vaqtda Saturn Entoriyaga zoʻravonlik ishlatgan va undan toʻrt nafar oʻgʻil farzand dunyoga kelgan. Xudo Entoriyaning otasiga uzumni qanday qilib toʻgʻri yetishtirish, parvarishlash va undan sharob tayyorlashni oʻrgatdi va unga oʻrgatganlarini qo'shnilariga ham o'rgatishni buyurdi. Dehqon xudoning aytganini qilib, qoʻshnilariga ham oʻrgatdi. Biroq yangi ichimlikni ichib qattiq mast boʻlib qolgan qishloq ahli buni zahar deb oʻylab, qoʻshnisini toshboʻron qilib oʻldirgan. Shundan keyin uning nevaralari ya'ni Entoriyaning o'g'illari ham qaygʻudan oʻzlarini osdilar.
Ancha yillar o'tgach, rimliklar orasida vabo tarqala boshlandi. Delfiy orakul esa rimliklarga bu kasallik Saturnning jinoyati uchun jazo ekanligini aytdi. Lutasiy Katul esa o'z xalqidan gunohni yuvish uchun Tarpeya qoyasida ibodatxona va to'rtta yuzli qurbongoh qurishni buyurdi[1]. Bu yerdagi to'rtta yuz, Entoriyaning qurbon boʻlgan toʻrt oʻgʻli yoki toʻrt faslga nisbatan ishlatiladi[2].
Umuman olganda, Entoriya va uning otasining sharob ishlab chiqashi, birinchi sharob ishlab chiqaruvchi — Ikaria haqidagi qadimgi yunon afsonasini takrorlaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Plut. Parall. Gr. et Rom. 9. (cited by Schmitz)
- ↑ „Собрание параллельных греческих и римских историй“ (ru). simposium.ru. Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.
Adabiyotlar
tahrir- Leonhard Shmits (1870). "Entoriya". Smitda Uilyam (ed.). Yunon va Rim biografiyasi va mifologiyasi lug'ati. 2.