Eol yotqiziqlari
Eol yotqiziqlari — dengiz, koʻl, daryo yotqiziqlari va gʻovak allyuvial yotqiziqlarni hamda qattiq togʻ jinslarining nurash mahsulotlarini shamol vositasida keltirilib yigʻilishidan hosil boʻladi. Eol yotqiziqlari turli dengiz, delta, allyuvial, prolyuvial, togʻ jinslari hamda qumli va flyuvioglyatsial yotqiziqlar hisobiga shakllanadi. Eol yotqiziqlari diagonaltoʻlqinli yoki ponasimonqiyshiq qatlamlilikka ega boʻlib, qalinligi bir necha dan oʻnlab yetadi. Ular, asosan, arid oblastlarda tarqalgan boʻlib, dengiz va koʻl sohillarida, daryo terrasalarida ham uchraydi. Baʼzan bir qancha foydali qazilmalarning sochmalari Eol yotqiziqlarida uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |