Yer poʻsti tebranma harakatlari

(Epeyrogenik harakatlardan yoʻnaltirildi)

Yer poʻsti tebranma harakatlari, epeyrogenik harakatlar — Yer poʻstida sodir boʻladigan doimiy tektonik harakatlar. Yer kurrasining hamma qismida sodir boʻlib, uzluksiz davom etadi. Ye.p.t.h. natijasida ayrim qitʼalar va bir necha yoki oʻnlab km2 keladigan maydonlar koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Bu hodisa Yer geologik rivojlanish tarixining barcha davrlarida davom etgan.

E.p.t.h. rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va ularning Yer geologik tuzilishidagi ahamiyati A.P.Karpinskiy tomonidan koʻrsatib oʻtilgan. Tadqiqotlar davomida Ye. p.t. h.ning umumiy va toʻlqinsimon turlari aniqlangan. Umumiy turlari butun qitʼa yoki uning katta qismini egallagan keng hududlarning bir vaqtda koʻtarilishi va pasayishida namoyon boʻladi. Toʻlqinsimon turlari umumiy tebranishlar ustiga qoplanadi va Yer yuzasi har qaysi yirik hududini uzoq muddatli koʻtarilish yoki bukilish zonalariga parchalashi bilan ifodalanadi. Bu harakatlar Yer yuzasi relyefi va fatsiyalarning boʻlinishi va choʻkindi yotqiziklarning qalinligida koʻrinadi. Ye. p. t. h.ni oʻrganish usullari Yer poʻsti harakatlarining davom yiligiga qarab tanlanadi. Yaqin zamonlarda (va tarixiy, golotsen davri — 10 ming yil) namoyon boʻlgan harakatlar — geodezik asboblar (nivelir, teodolit, futshtok, deformometr), arxeologikva geomorfologik usullar bilan, yangi davrdagi (25—40 mln. yil oldin) Ye. p. t. h. geomorfologik va geologik usullar bilan, Yer poʻstining qad. (neogendan oldingi) tebranma harakatlari asosan geologik usul bilan oʻrganiladi. Shu maʼlumotlar asosida qad. geografik sharoitni koʻrsa-tuvchi haritalar tuziladi. Haritalarda quruqlik, dengiz va uning sohili, koʻtarilma, bukilma, choʻkmalar qanday yoshdagi togʻ jinslaridan tashkil topganligi, ularning qalinligi, fatsiyalari koʻrsatiladi.

E. p. t. h.ni oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki u foydali qazilma konlari (neft, gaz, koʻmir, choʻkindi rudalar Gʻe, Mp, fosforitlar, boksitlar va b.) bilan bogʻliq boʻlgan choʻkindi jinslar formatsiyalarining Yer poʻstidagi taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlashda yordam beradi. Yirik binolar, suv omborlari va b. qurishda ham muhimdir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil