Epizootiya
Epizootiya (epi — da va yun. — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli kasallikning keng tarqalishi; kasallikning maʼlum vaqt ichida katta hududga (xoʻjalik, tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi. E. koʻrinishidagi yuqumli kasalliklarga oksil, oʻlat va qoramollar peripnevmoniyasi, choʻchqa oʻlati, nyukasl kasalligi va boshqalar kiradi. E.ga qarshi kurash — infeksiya manbaini zararsizlantirish, kasal mollarni tezda ajratish, karantin eʼlon qilish, emlash, mollarni toʻgʻri boqish va boshqalardan iborat.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |