Erdenidzu
Erdenidzu — tarixiy-maʼmuriy yodgorlik, Mongoliyadagi dastlabki budda ibodatxonasi. Xangay togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Urxun daryosining yuqori oqimi boʻyida joylashgan. 1585-yil barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Mongoliyaning eng yirik diniy va siyosiy markazi boʻlgan. 18-asrda vayron qilingan, 18-asr oxiridan ahamiyatini yoʻqotgan. Koʻplab oʻziga xos minoralari (suburganlar) va darvozalari boʻlgan qadimiy ibodatxonalar saqlangan. Erdenidzu mongol meʼmorligining ajoyib yodgorligi. Hozirgi muzey.Erdenidzu yaqinida qadimiy moʻgʻullarning poytaxti — Qoraqurum xarobalari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |