Ergün Penbe
Ergün Penbe (1972-yil 17-mayda tugʻilgan), Kemik(Suyak)[1][2] laqabi bilan tanilgan. Asosan chap qanot yarim himoyachisi va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan turkiyalik sobiq professional futbolchi va hozirda Tarsus İdman Yurdu jamoasi bosh murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ergün Penbe | ||
Tavallud sanasi | 17-may 1972-yil | ||
Tavallud joyi | Zonguldak, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Kilimli Belediyespor | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990—1992 | Kilimli Belediyespor | 51 | (6) |
1992—1994 | Gençlerbirliği | 57 | (3) |
1994—2007 | Galatasaray | 305 | (10) |
2007—2008 | Gaziantepspor | 17 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1994—2006< | Turkiya | 48 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2008—2009 | Hacettepe (Yordamchi) | ||
2009 | Hacettepe | ||
2010 | Mersin İdmanyurdu | ||
2010—2011 | Kartalspor | ||
2011 | Kayseri Erciyesspor | ||
2012—2013 | Giresunspor | ||
2017 | İnegölspor | ||
2019– | Tarsus İdman Yurdu | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
U oʻyinga „feyr-pley“ yondashuvi bilan tanilgan, futbolning ikki mavsumini birorta ham qoʻpolliksiz oʻtkazgan. Shuningdek, u xotirjamligi va jamoani birlashtira olish qobiliyati tufayli Kemik (suyak) laqabini olgan. U professional faoliyatining koʻp qismini „Galatasaroy“da oʻtkazgan va jami 12 ta chempionlikni qoʻlga kiritgan. U oʻz faoliyati davomida tugʻilib oʻsgan shahri Zonguldakning identifikator avtomobil raqami sharafiga 67 raqamini kiygan.
Klub faoliyati
tahrirQoradengizning Zonguldak shahrida tugʻilgan Ergün professional faoliyatini Gençlerbirliği SKda boshlagan. Shundan soʻng, 1994-yil yozida u yuqori divizion giganti Galatasaray SK bilan shartnoma imzolagan, keyingi oʻn yillikda jamoaning eng nufuzli oʻyinchilaridan biriga aylanib jamoa tarkibida juda muhim rol oʻynagan. 1999—2001-yillarda jami oltita chempionlikni qoʻlga kiritgan — ikkita Turkiya liga kubogi, UEFA kubogi va UEFA Superkubogi; UEFA kubogi finalida Arsenalga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozongan.
2007-yil 27-avgustda 35 yoshli Ergün „Gaziantepspor“ bilan 1+1 yillik shartnoma imzolagan. U 31-oktyabr kuni Turkiya kubogi doirasida „Fenerbahche“ga qarshi oʻyinda yangi jamoasi uchun debyut qilgan. Oʻyinning yarmida maydonga tushgan futbolchi jamoasiga ligada sakkizinchi oʻrinni egallashiga yordam berganidan soʻng, 36 yoshida faoliyatini tugatishga qaror qilgan.
Ergün nafaqaga chiqqandan soʻng darhol 2008-yil 5-noyabrda Hacettepe Spor Kulübü murabbiy yordamchisi etib tayinlangan. Erdoğan Arica isteʼfoga chiqqanidan soʻng u bosh murabbiylikka koʻtarilgan, ammo klubning ikkinchi ligaga tushib ketishiga toʻsqinlik qila olmagan.
2010-yilning 12-fevralida Ergün xuddi shu toifadagi Mersin İdman Yurdu bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
tahrirErgün Turkiya terma jamoasini 48 marta himoya qilgan, uning barcha oʻyinlari 12 yil davomida „Galatasaroy“da boʻlgan.
U UEFA Yevro-2000 va 2002 FIFA Jahon Chempionatida milliy terma jamoaning yakuniy tarkibiga kiritilgan, Yevro-2000 musobaqasida uchta oʻyinda va 2002 FIFA Jahon Chempionatida beshta oʻyinda ishtirok etgan, Turkiya chorak finalga chiqgan musobaqa soʻngida jamoa uchinchi oʻrinni egallagan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Gençlerbirliği | 1991-92 | 1 | 0 | - | - | - | - | - | - | 1 | 0 |
1992-93 | 30 | 1 | - | - | - | - | - | - | 30 | 1 | |
1993-94 | 26 | 2 | - | - | - | - | - | - | 26 | 2 | |
Jami | 57 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 57 | 3 | |
Galatasaray | 1994-95 | 15 | 0 | - | - | - | - | - | - | 15 | 0 |
1995-96 | 18 | 0 | - | - | - | - | - | - | 18 | 0 | |
1996-97 | 29 | 2 | - | - | - | - | - | - | 29 | 2 | |
1997-98 | 27 | 1 | - | - | - | - | - | - | 27 | 1 | |
1998-99 | 24 | 1 | - | - | - | - | - | - | 24 | 1 | |
1999-00 | 28 | 1 | - | - | - | - | - | - | 28 | 1 | |
2000-01 | 27 | 1 | - | - | - | - | - | - | 27 | 1 | |
2001-02 | 31 | 1 | - | - | - | - | - | - | 31 | 1 | |
2002-03 | 27 | 2 | - | - | - | - | - | - | 27 | 2 | |
2003-04 | 24 | 0 | - | - | - | - | - | - | 24 | 0 | |
2004-05 | 32 | 1 | - | - | - | - | - | - | 32 | 1 | |
2005-06 | 15 | 0 | - | - | - | - | - | - | 15 | 0 | |
2006-07 | 8 | 0 | - | - | - | - | - | - | 8 | 0 | |
Jami | 305 | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 305 | 10 | |
Gaziantepspor | 2007-08 | 17 | 0 | - | - | - | - | - | - | 17 | 0 |
Karyerada jami | 379 | 13 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 379 | 13 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Turkiya | 1994 | 1 | 0 |
1997 | 1 | 0 | |
1999 | 1 | 0 | |
2000 | 7 | 0 | |
2001 | 7 | 0 | |
2002 | 12 | 0 | |
2003 | 15 | 0 | |
2005 | 3 | 0 | |
2006 | 1 | 0 | |
Jami | 48 | 0 |
Yutuqlar
tahrirGalatasaroy
- Turkiya ligasi : 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-2000, 2001-02, 2005-06
- Turkiya kubogi : 1995-96, 1998-99, 1999-2000, 2004-05
- UEFA kubogi : 1999-2000
- UEFA Superkubogi : 2000-yil
Turkiya
Manbalar
tahrir- ↑ „İstikrarın Adı Ergün“ (turkcha). Hürriyet (29-dekabr 2001-yil). Qaraldi: 24-may 2015-yil.
- ↑ „'Kemik' Ergün Kozlu Bld.'de“ (turkcha). fotomac.com.tr (5-fevral 2015-yil). Qaraldi: 24-may 2015-yil.
- ↑ Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548-bet. ISBN 1845131495.
- ↑ „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „FIFA Confederations Cup France 2003™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Turkey edge past Colombia“ (En). BBC Sport (28-iyun 2003-yil). 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.