Ergash Fozilov
Fozilov Ergash Ismoilovich (1933.10.3, Yangiyoʻl shahri — 12.05.2014) — tilshunos, turkiyshunos olim.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), filologiya fanlari doktori (1967), professor (1976). Moskva universiteti filologiya fakultetini va ayni paytda shu universitet qoshidagi Sharq tillari intstitutini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik va katta ilmiy xodim (196068), tarixiyetimologik lugʻatlar boʻlimi mudiri (1968 — 82), ayni paytda direktor oʻrinbosari (1974—82), Berlin universiteti sharq tillari fakulteti professor (1982—86), Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi (1987—89), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (1990—92). F.ning ilmiy ishlari turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tilining shakllanish tarixi, taraqqiyot yoʻllari, eski oʻzbek tili grammatikasi, leksikasi tadqiqiga, 14— 15-asr yozma yodgorliklarini oʻrganishga bagishlangan. F. 4 jidsli "Alisher Navoiy asarlari tilining izoxli lugʻati" (1983— 85) tuzuvchilaridan biri.
Manbalar
tahrir- Oʻzbek tilining tarixiy morfologiyasi, T., 1966; Eski oʻzbek tili. 14asr Xorazm yodnomalari, 13 j.lar, T., 1996, 1971, 1973; Xoʻjandiy. Latofatnoma, T., 1976.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |