Ergash Hamroyev
Oʻzbekistonlik dramaturg va aktyor
Hamroyev Ergash (1909, Fargʻona, Rishton qishlogʻi – 1942.15.2, Smolensk) – milliy kino asoschilaridan, kinodramaturg, aktyor. Leningrad sahna sanʼati texnikumini tugatgan (1930). „Yuksalish“ (Yoʻldosh), „Ajoyib ish“ (Ergash), „Ramazon“ (Temur), „Yigit“ (Poʻlat) kabi birinchi oʻzbek filmlarida bosh rollarni ijro etgan. „Tohirning xanjari“ nomli pyesa, „Otalar“, „Xizmatchi“ nomli sse-nariylar yozgan. Ikkinchi jahon urushida qalok boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |