Ergash Oripov
Ergash Oripov (2-mart 1931-yil, Toshkent viloyati – 17-noyabr 1997-yil, Toshkent) – kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari doktori (1972), professor (1974). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida direktor muovini (1976—82), laboratoriya mudiri (1965—95). Ergash Oripovning ilmiy ishlari tabiiy mineral sorbentlar gʻovakligi va sirt kimyosini boshqarishning fizikkimyoviy asoslari hamda usullarini, sirt-faol moddalar va suvda eruvchan polimerlar (polielektrolitlar) eritmalarida tuzilmalar hosil boʻlishi va gidrofob bogʻlanishiga taʼsir koʻrsatishga oid. Tabiiy mineral xom ashyolar asosida samarali adsorbentlar, toʻldirgichlar olish, tuproq strukturasini yaxshilash va koʻchma qumlarni kimyoviy mustahkamlashning asoslarini ishlab chiqqan.
Manbalar
tahrir- Prirodnie mineralnie sorbenti, ix aktivirovaniye i modifitsirovaniye, T., 1970; Aktivnie sentri prirodnix mineralnix dispersiy, T., 1993.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |