Ergashish
Ergashish — sintaktik bogʻlanishning bir turi, gapda bir soʻzning ikkinchisiga boʻysunishi, yaʼni tobelanish yoʻli bilan bogʻlanishi. E.soʻz birikmasi tarkibidagi boʻlaklar orasida ham, gap tarkibidagi boʻlaklar orasida ham uchraydi. Bunda bir boʻlak ikkinchisiga nisbatan ergash (tobe) soʻz vaziyatida boʻladi. Mas: kitobni oʻqimoq (kitobni — ergash soʻz, oʻqimoq — bosh soʻz). Soʻzlarning E. yoʻli bilan bogʻlanishi 3 xil boʻladi: boshqaruv, moslashuv va bitishuv (soʻzlarning hech qanday qoʻshimchalarsiz, ohang yordamida birikishi). Ega va kesim orasidagi E. (tobelanish), boshqa boʻlaklardan farqli ravishda soʻz birikmasini emas, balki gapni hosil qiladi.
E. qoʻshma gaplar doirasida ham kuzatiladi. Bu hol biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap qismlari doirasida yuz beradi. Bunday qoʻshma gaplar ergashgan qoʻshma gaplar deb yuritilib, ular mazmun va vazifalariga koʻra 14 turga boʻlinadi (yana qarang Koʻshma gap).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |