Erkaboy devona jome masjidi – Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumanida joylashgan masjid [1]. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda[2].

Qurilishi

tahrir

„Erkaboy devona“ jome masjidi Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi Karnaychi mahallasida joylashgan. Mazkur masjid yurtimizdagi koʻplab masjidlar kabi mustaqilligimiz inʼomidir. Istiqlol epkini esa boshlagan 1989-yilda asos solingan inshoot hashar yoʻli bilan bunyod etilib, oʻz faoliyatini rasman 1991-yilda boshlagan. Qurilish ishlariga mahalladagi har bir oila bajonidil hissa qoʻshgan. Eʼtiborlisi shundaki, Karnaychida ilgarilari ham masjidlar barpo etilgan, biroq mustabid hukumat turli bahonalar bilan xalqdan binolarni tortib olib, undan boshqa maqsadlarda foydalangan, xalqning ibodatlarni emin-erkin ado etishiga yoʻl qoʻymagan. Imonu eʼtiqodga sodiq musulmonlar esa jamoat namozlarini birovlarning xonadonlarida oʻqishga majbur boʻlganlar.

Manbalar

tahrir
  1. „Erkaboy devoma жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 26-oktyabr 2024-yil.
  2. „Erkaboy devoma jome masjidi Qaralgan sana=05.10.2024“ (uzorg.info). Qaraldi: 2024-yil 26-oktyabr.