Erkin iqtisodiy hudud
Erkin iqtisodiy hudud (EIH) — bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir.
EIH — investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
Erkin iqtisodiy hudud tarixi
tahrirEIH — jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-yillar oxirida paydo boʻlgan xoʻjalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Bolgariya, Italiya, Vengriya, Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda. EIH larni barpo qilishda quyidagi masalalarni hal qilish koʻzda tutadi:
- investitsiyalar, alohida hudud (mintaqa)lar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar bilan taʼminlash;
- resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish;
- xalqaro integratsiya va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
EIHlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivojlanishini ragʻbatlantirish yoki iqtisodiyotning alohida sohalarini tez oʻsishini taʼminlash ekanligini koʻrishimiz mumkin.
EIH turlari
tahrirEIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi.
- ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).
Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.
- import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.
- savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji tqlovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bqlishi mumkin:
- ularni jahon bozoriga xizmat koʻrsatishi uchun tashkil qilish;
- mamlakatning qolgan hududlarida amalda boʻlgan koʻpgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi;
- tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.
- eksport ishlab-chiqarish hududlari- sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.
Faoliyat yuritish shakli boʻyicha EIH larni quyidagi turlarini koʻrishimiz mumkin:
- sugʻurtaviy
- bank
- sayyohlik
- va boshqalar.
Shu bilan birga, bir funksiyali zonalar amaliyotda deyarli kamdan-kam uchrashini aytib oʻtish kerak. Amaliyotda bir qancha funksiyalarni (savdo, bojxona, ishlab chiqarish, tadqiqot olib borish) birlashtiruvchi hududlar koʻp tarqalgan boʻlib hisoblanadi. Ularni kompleks hududlar deb atashadi.
Oʻzbekistonda ham 2008-yildan eʼtiboran Navoiy Erkin iqtisodiy hududi (Wayback Machine saytida 2012-08-26 sanasida arxivlangan) tashkil qilina boshlandi. [1] (Wayback Machine saytida 2013-08-05 sanasida arxivlangan) [2] (Wayback Machine saytida 2013-03-02 sanasida arxivlangan) [3][sayt ishlamaydi] Hozirda qo'shnilarimiz Tojikistonda 2 ta va Turkmanistonda 10 ta erkin iqtisodiy hududlar mavjud.
Havolalar
tahrir- Free economic zone
- Special economic zone
- Особая экономическая зона(rus.)
- Navoiy Erkin iqtisodiy hududi rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2012-08-26 sanasida arxivlangan)
- The free economic zone - territory of free trade[sayt ishlamaydi]
- Свободные экономические зоны Узбекистана (Wayback Machine saytida 2013-08-05 sanasida arxivlangan)(rus.)
- СВОБОДНАЯ ИНДУСТРИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЗОНА «НАВОИ» (Wayback Machine saytida 2013-03-02 sanasida arxivlangan) (rus.)