Erkman-shatrian
Erkman-shatrian — hamkorlikda ijod etgan ikki fransuz yozuvchisining nomi: Emil Erkman (1822.20.5, Falsbur — 1899.14.3, Lyunevil) va Sharl Lui Gratyen Aleksandr Shatrian (1826.18.12, LeGranSolda — 1890.3.9, Vilmombl). Ularning adabiy hamkorligi 1848-yildan boshlangan. Dastlabki asari — "Afsonaviy qissa va ertaklar" (1849). "Mashhur doktor Mateus" (1859) ilk romani keng shuhrat qozongan. Adabiy merosining asosiy qismini milliy tarixiy romanlar ("Aqlsiz Yegof...", 1862; "Terezaxonim", 1863; "Vaterloo", 1865; "Qamal...", 1867; "Bir dehqon tarixi", 1868—70 va boshqalar) tashkil etadi. "Xalq farzandi tarixi" romani (1865) Parijdagi 1848-yil voqealariga bagʻishlangan. Pyesa, opera, librettolar ham yozishgan.
Adabiyot
tahrir- 3olya E., Erkman-Shatrian, Sobr. soch., t. 24, M., 1966.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |