ABBE (Avve) Ernst (23.01.1840-14.01.1905) — nemis fizigi va astronomi. Yena universiteti da nazariy fizika professori (1870-yildan), Yena rasadxonasi direktori (1877—1890). Mikroskoplar nazariyasini yaratgan, har xil optika asboblarini ixtiro qilgan, optika-mexanika korxonalaridagi koʻp operatsiyalar texnologiyasini ishlab chiqqan.

Ernst Abbe

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil