Ernst Boris Chain
Ernst Boris Chain (1906. 19.6, Berlin — 1979.12.8) — ingliz biokimyogari, London qirollik jamiyati aʼzosi (1949-yildan). Berlin universitetini tugatgan (1930). 1933 ydan Angliyada. Kembrij biokimyo instituti (1933—35), Oksford universiteti (1935—48), Italiyadagi Xalqaro kimyo mikrobiologiya markazida turli lavozimlarda ishlagan (1948—61). 1961 ydan London universitetida biokimyo professor Ilmiy faoliyati insulinning kimyoviy asoslari, penitsillinning kimyoviy va klinik xususiyatlarini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1945; Alexander Fleming va X. Flori bilan xamkorlikda)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |