Eron—Isroil mojarosi (2024)
„Eron-Isroil mojarosi“ — 2024-yil 13-aprel kuni Isroil—Hamas urushi vaqtida Eron Isroilga uchuvchisiz samolyotlar va raketa zarbalari bergan holatda hujum boshladi. Ammo Snaryadlar Isroil hududlariga qadar yetib bormagan[1]. Bu Eronning 1979-yildan beri Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri qilgan ilk hujumidir. Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi oʻz hujumiga „Haqiqat vaʼdasi“ operatsiyasi kod nomini berdi[2].
Eron-Isroil mojarosi | |
---|---|
| |
Raqiblar | |
Eron | Isroil |
Qoʻmondonlar | |
Ali Xomanaiy Mohammad-Reza Gharaei Ashtiani Hossein Salami |
Benjamin Netanyahu Yoav Gallant |
Harbiy birliklar | |
IRGC | |
Kuchlar | |
400-500 shahid dronlari, soni nomaʼlum qanotli va ballistik raketalar |
Kelib chiqish sabablari
tahrir2023-yil 7-oktyabrda Eron va Qatar koʻmagida jangari tashkilot sanalgan Hamas Isroilga janubdan hujum uyushtirdi. Hujum natijada 1200 kishi halok boʻldi[3][4]. Isroil bunga javoban Gʻazo sektorida harbiy operatsiya boshlab yubordi. Operatsiya davomida 33 000 dan ortiq odam halok boʻldi[5].
7-oktyabrdan boshlab Livanda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Hizbulloh guruhi Isroil qarshi shimoldan hujum boshladi[6]. Urush boshlangandan buyon Hizbulloh va Isroil oʻrtasida 4400 dan ortiq turli toʻqnashuvlar qayd etilgan[7]. Mojaro boshlangandan beri Isroil oʻz shimoliy hududlaridan taxminan 100 000 fuqarosini evakuatsiya qildi[8].
2024-yilning 1-aprelida Suriyaning Damashq shahridagi Eron elchixonasi yonidagi Eron konsulligi binosiga Isroil tomonidan havo hujumi uyushtirilib, 16 kishi, xususan, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Quds kuchlari qoʻmondoni, brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy oʻldirildi. Hujumdan koʻp oʻtmay, Eron bu hujumga javoban qasos olishga vaʼda berdi[9]. Havo hujumi uchun potentsial sabab sifatida koʻrsatilgan hisobotlarda Eron bino elchixona binosining bir qismi ekanligini daʼvo qilgan[10]. Isroil esa bu bino Eron Inqilobiy Gvardiyasi tomonidan foydalaniladigan va elchixonaning panjara bilan oʻralgan majmuasi tashqarisida joylashgan bino ekanligini taʼkidladi[11][12].
Hujumdan bir necha hafta oldin Qoʻshma Shtatlar, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronni Isroilga hujum qilmaslik haqida ogohlantirgan. Shuningdek, bunday hujum yuz bergan taqdirda, bu katta toʻqnashuvlarga olib borishi, bunday sharoitda Gʻarb Eronga qarshi harbiy yoʻl bilan javob berishi mumkinligi taʼkidlandi[13][14][15]. Bunday hujum Isroilning Eron hududiga toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy javob zarbari berishiga olib kelishi mumkinligi ham eslatib oʻtildi[16].
2024-yil aprel oyining boshlarida Eron hukumati Isroil bilan urushga aralashib, uni himoya qilsa, Qoʻshma Shtatlar harbiy bazalariga hujum qilish bilan ham tahdid qildi[17][18].
Hodisalar
tahrir13-aprel
tahrirEron 2024-yil 13-aprel kuni kechqurun Isroil hududlarini nishonga olgan dronlar hujumni boshlab berdi[19][20]. Isroil va AQSh rasmiylariga koʻra, hujum „oʻnlab dronlar“lar yordamida kechishi taʼkidlandi[19][21][22][23]. Shuningdek, raketa hujumlari amalga oshirilgani xabar qilingan[24]. Isroil rasmiylariga koʻra, 100 ga yaqin[25], AQSh rasmiylariga koʻra esa 400-500 ta raketa va dronlardan foydalanilgan. Isroil rasmiylarining xabar berishicha, raketalar faqat Golan tepaliklari va Negev choʻlidagi Isroil bazasini nishonga olgan[26].
Tarqalayotgan videolarning baʼzilarida „Shahed 136“ dronlari koʻzga tashlangan[26].
Natijasi
tahrirMisr, Iroq, Iordaniya, Livan, Suriya va Isroil bu hujumlarga javoban havo hududini yopdi[27][28][29]. Iordaniya rasmiylari oʻz havo kengliklarini buzgan Eron samolyotlarini urib tushirishga tayyor ekanliklarini bildirgan[30].
Manbalar
tahrir- ↑ Bando, Erin (13 April 2024). „Iran launches drone attack against Israel“. Politico.
- ↑ „Israel getting punished with 'Operation Truthful Promise'“ (en). Tehran Times (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „"Hamas' sexual violence was a planned and systematic attack and falls under the definition of crimes against humanity"“ (en). ctech (2024-yil 29-fevral). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ https://www.timesofisrael.com/the-10-children-still-held-hostage-in-gaza-yet-to-be-freed-under-truce-deal/
- ↑ „Half a year into the war in Gaza, here's a look at the conflict by the numbers“ (en). AP News (2024-yil 5-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „US Sees Imminent Missile Strike on Israel by Iran, Proxies“ (en). Bloomberg.com (2024-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ Jones, Seth G.; Byman, Daniel; Palmer, Alexander; McCabe, Riley (21 March 2024). „The Coming Conflict with Hezbollah“. CSIS (inglizcha).
- ↑ https://www.reuters.com/world/middle-east/dangerous-stasis-israels-northern-border-leaves-evacuees-limbo-2024-01-11/}}
- ↑ „Iran vows revenge after two generals killed in Israeli strike on Syria consulate“. The Guardian (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Israel Says Iran Launched Drones at Its Territory in Retaliatory Strike“. The New York Times (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ https://www.timesofisrael.com/top-iranian-irgc-commander-said-killed-in-alleged-israeli-strike-on-damascus/
- ↑ „Strategic blow: Alleged Israeli airstrike takes out Iranian general in Damascus“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2024-yil 1-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „French President Macron to Knesset Speaker Ohana: 'We warned Iran against attacking Israel'“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2024-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ Eichner, Itamar; Azulay, Moran. „Western powers to Iran: 'Do not attack Israel'“ (en). Ynetnews (2024-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Foreign ministers of Germany, UK pressure Iran not to attack Israel“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2024-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Biden says he expects Iran to attack Israel 'sooner rather than later' as US moves troops“ (en-US). USA TODAY. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „ארה"ב ביקשה מישראל לקבל עידכון מוקדם ולקיים התייעצות לפני מתקפה נגד איראן - וואלה חדשות“ (he). וואלה (2024-yil 12-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ https://www.axios.com/2024/04/12/iran-israel-attack-us-troops-warning
- ↑ 19,0 19,1 Haaretz. „Iran launches direct attack on Israel; dozens of attack drones dispatched“ (en). Haaretz (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ Picciotto, Rebecca „Iran has launched drone attacks at Israel, IDF military says“ (en). CNBC (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Iran launches its retaliation, fires dozens of unmanned drones towards Israel: Report“ (en-US). The Kashmiriyat (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Iran launched dozens of drones toward Israel“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ Ravid, Barak (13 April 2024). „Iran launched drone attack on Israel, U.S. and Israel officials say“. Axios.
- ↑ „Iran launches attack against Israel, with drones 'hours away' from reaching Israeli soil – live“. The Guardian. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Israel estimates more than 100 drones launched by Iran, Israeli military official says“ (en). CNN (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ 26,0 26,1 „Jordan denies declaring state of emergency“ (en). en.royanews.tv. 2024-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ mtv.com.lb/tr/news/local/1438394/lebanon-closes-its-airspace-to-all-aircraft „Lübnan Hava Sahasını Tüm Uçaklara Kapatıyor“ (en). MTV Lebanon. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ wsj. com/livecoverage/israel-iran-strikes-live-coverage/card/israel-to-close-airspace-in-preparation-for-iranian-attack-GgK4K1zHjiXiA6EjoE5H „Israel to Close Airspace in Preparation for Iranian Attack“ (en-US). WSJ. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ intellinews. com/breaking-iraq-syria-and-jordan-close-airspace-amid-iranian-strike-on-israel-320878/ „BREAKING: Irak, Suriye ve Ürdün, İran'ın İsrail'i vurması üzerine hava sahasını kapattı“ (en). www.intellinews.com (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Iran launches attack against Israel, with drones 'hours away' from reaching Israeli soil - live“. The Guardian. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.