Eron — Turkiya munosabatlari

(Eron-Turkiya munosabatlaridan yoʻnaltirildi)

Eron-Turkiya munosabatlari Eron va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy uzunligi 534 kmni tashkil etadi[1].

Tarixi

tahrir

1979-yilda Eronda Islom inqilobi sodir boʻldi, biroq Turkiya bilan munosabatlar bundan keyin ham saqlanib qoldi va yangi jiddiy muammolar yuzaga kelmadi. Islom inqilobidan oldin Eron Turkiya va Pokiston bilan Markaziy Shartnoma Tashkiloti (jumladan, Buyuk Britaniya kuzatuvchi sifatida AQSh bilan), shuningdek, Mintaqaviy taraqqiyot hamkorlik tashkiloti aʼzosi edi. Islom inqilobidan keyin Eron ikkala tashkilotdan ham chiqib ketdi. Biroq Eronning Pokiston va Turkiya bilan iqtisodiy aloqalari sezilarli darajada kengaydi, bu holat savdo iqtisodiy va siyosiy jihatdan yanada rivojlandi. Ikki davlat Eron uchun muhim savdo sheriklariga aylandi. Turkiya, shuningdek, Yevropa va Eron oʻrtasida yuk tashish va temir yoʻl orqali yuk tashish uchun asosiy tranzit yoʻliga aylandi. Turkiya va Pokiston bilan tovar ayirboshlash hajmining oshishi ularning geografik joylashuvi, shuningdek, Eronning sanoatlashgan mamlakatlardan importni islom davlatlari va uchinchi dunyo davlatlaridan import foydasiga kamaytirish siyosati bilan bogʻliq edi[2]. Eron 1979-yilgi Islom inqilobidan keyin Turkiya va Pokiston kabi davlatlar bilan juda yaqinlashdi, aksincha gʻarb va AQSh bilan munosabatlari yamonlashdi, ushbu siyosiy holat haligacha davom etmoqda.

1991-yildan beri kurd muammosi Turkiyaning Eron va Suriya bilan munosabatlarida ham muhim rol oʻynay boshladi. 1923-yilda Turkiya tashkil topdi va u paydo boʻlganp vaqtdan boshlab Eron bilan nisbatan yaqin siyosiy va diplomatik aloqalarga ega edi, 1979-yilda Eronda Islom inqilobi sodir boʻldi va mamlakatning yangi rahbariyati dunyoviy hukumatlarni (jumladan, Turkiyani) yovuzlik sifatida qabul qildi. Musulmonlar jang qilishlari kerak. 1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida oʻzaro savdo har ikki davlat uchun ham muhim boʻlib qoldi, biroq ularning iqtisodiy aloqalariga vaqti-vaqti bilan yuzaga kelgan siyosiy keskinliklar toʻsqinlik qilmadi. Muammolarning manbalaridan biri Turkiyada 1980-yillarda oʻz mamlakatini tark etgan minglab eronliklarning mavjudligi edi: diniy hukumatga qarshi boʻlgan yoki Eron-Iroq urushi (1980-1988) davrida harbiy xizmatdan qochishni xohlagan fuqorolar edi. Tehron bu odamlarni „terrorchi“ deb atagan va ularga boshpana bergan Anqaraga vaqti-vaqti bilan bosim oʻtkazishga harakat qilgan. Turkiya harbiylari Eron muxolifati yetakchilarining Turkiyada oʻldirilishi ortida Eron razvedka xizmatlari turganidan xavotir bildirdi. Turkiya Eronning NATOga aʼzoligi haqidagi tanqidini maʼqullamaydi, Eronning Suriya bilan Ittifoqi va Armaniston bilan hamkorligini salbiy qabul qiladi hamda Eronni Ozarbayjon va Markaziy Osiyoda taʼsir oʻtkazish uchun raqobatchi deb biladi. Turkiya rahbarlarining fikricha, Eron Kurdiston Ishchilar partiyasini (KIP) qoʻllab-quvvatlaydi va bu isyonchilarni oʻz hududida boshpana va bazalar bilan taʼminlaydi[3].

1987-yilda Turkiyaning Eronning KIP bilan aloqalari haqidagi birinchi shubhalari Tehron Turkiyaning bu mamlakat shimolidagi Iroq qishloqlarini bombalashiga keskin norozilik bildirganida paydo boʻldi. Eron bu hujumni qoraladi va uni Iroq suverenitetining buzilishi deb atadi, garchi u bu davlat bilan urush olib borayotgan boʻlsa va Eron qurolli kuchlari Iroq janubining bir qismini egallab olgan edi. Saddam Husayn rejimiga qarshi kurashgan va Eron kurd muxolifatini bostirishda Eron bilan hamkorlik qilgan kurd qurolli guruhlari aʼzolari havo hujumi ostida qolgan Eron Turkiyaning aralashuviga qarshi chiqdi. Kurdlarning ichki va xalqaro siyosatining bu murakkab aralashib ketishi keyingi yillarda ham Turkiya va Eron uchun qiyinchilik tugʻdirdi. Biroq, 1992-yildan boshlab turk va eron siyosatchilari asta-sekin kurd qurolli guruhlari haqida umumiy fikrga kelishdi, chunki Iroq hududidan kurdlar nafaqat Turkiyaga, balki Eronga ham hujum qila boshladilar. Bunga javoban Eron Turkiya operatsiyalariga qoʻshildi va Shimoliy Iroq hududini bombardimon qila boshladi. 1993-yilda Eron Turkiyaning mintaqada xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish taklifini ijobiy qabul qildi, shuningdek, Turkiyaning Iroq Kurdistoni mustaqilligini mutlaqo tan olmaslik haqidagi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladi[3].

Jamoatchilik fikri

tahrir

BBC Jahon Xizmatining 2013-yilda oʻtkazgan soʻroviga koʻra: Turkiya fuqarolarining 17% Eronga nisbatan ijobiy munosabatda boʻlsa, 57% uning siyosatidan noroziligini bildirgan. Pew Research Centerning yana bir soʻroviga koʻra, 2012-yilda turklarning 37% Eronga tahdid yoʻq, deb hisoblagan, boshqa respondentlarning 26% esa Eron yadro quroli yaratishning oldini olish uchun harbiy kuch ishlatish imkoniyatini maʼqullagan. Respondentlarning 57% Eronning yadroviy qurol yaratishiga qarshi ekanliklarini bildirishgan.

Savdo munosabatlari

tahrir

Mamlakatlar Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) aʼzo hisoblanadilar. Eronliklar Turkiyaga turizm maqsadida tashrif buyurishadi, bu esa Turkiya iqtisodiyotiga turizm jihatidan ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

2000-yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash keskin oshdi. Turkiyaning 2001—2011-yillar davomida Eronga yillik eksporti 361 million dollardan 3590 million dollarga koʻtarildi. Bu vaqt ichida Eronning Turkiyaga eksporti yillik qiymati 840 million dollardan 12 462 million dollargacha oshgan. Turkiya Erondan tabiiy gaz import qiladi (yiliga 10 milliard kub metr, shu tariqa uning ehtiyojining 30% ni qoplaydi). 2001-yilda Tabrizdan (Eron) Anqaraga (Turkiya) neft quvuri qurildi.

Manbalar

tahrir
  1. „The World Factbook“. 2012-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.
  2. „Iran - Relations with Regional Powers“. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Turkey - The Middle East“. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.

Havolalar

tahrir