Eron — Pokiston munosabatlari
Eron — Pokiston munosabatlari Eron va Pokiston oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining uzunligi 959 km[1].
Eron |
Pokiston |
Diplomatik vakolatxona | |
Eron elchixonasi Islomobodda. | Pokiston elchixonasi Tehronda. |
Tarixi
tahrir1947-yil avgustda mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Eron dunyodagi Pokistonning suveren maqomini tan olgan birinchi davlat. 1955-yilda Pokiston, Eron, Iroq va Turkiya bilan birgalikda Bagʻdod paktiga qoʻshildi. Kelishuvdan 1959-yilda Iroq chiqib ketganidan soʻng nomi Markaziy Shartnoma Tashkiloti deb oʻzgartirildi[2]. Markaziy Shartnoma Tashkilotining asl maqsadi mudofaa ittifoqini yaratish boʻlsa-da, Pokiston va Eron yaqin iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. 1979-yilda Eronda Islom inqilobi roʻy berdi, Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumati agʻdarildi va Eronning yangi hokimiyatlari Markaziy Shartnoma Tashkilotidan chiqishga qaror qildilar[3].
Sovuq urush davrida mamlakatlar munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilishdi: Eron Hindiston bilan boʻlgan ziddiyatida Pokistonni qoʻllab-quvvatladi. Pokiston, oʻz navbatida, Eron-Iroq urushi paytida Eronga harbiy yordam koʻrsatdi. 2000-yillarda Eron-Pokiston munosabatlari iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamlanishda davom etdi. Eron va Pokiston qoʻshinlari umumiy chegara boʻylab giyohvand moddalar savdosi, baluj separatistlari va Tolibonga qarshi birgalikda kurashmoqda.
2013-yilda BBC Jahon Xizmati Soʻrovi Pokistonda oʻtkazgan soʻrovga koʻra, pokistonliklarning 76 foizi Eron siyosatini ijobiy baholaydi. Bu Pokistonni dunyodagi eng Eronparast davlatga aylantiradi[4].
Iqtisodiy va energetika aloqalari
tahrir2005—2009-yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1 milliard dollarga (500 million dollardan 1,4 milliard dollargacha) oshdi. 2014-yilda Erondan Pokistonga gaz quvuri qurilishi tugallanishi kerak edi. 2013-yil 29-yanvarda AQSh bosh konsuli Maykl Dodman Pokistonni energetika sohasida Eron bilan hamkorlikdan bosh tortmasa, uni iqtisodiy sanksiyalarga uchrashi toʻgʻrisida tahdid qildi. 2016-yilda ikki davlat hukumatlari 5 yil ichida tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazishni rejalashtirganliklarini maʼlum qildi[5].
Har ikki davlat Islom Sakkizligi, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (EKO) aʼzolari va Shanxay Hamkorlik Tashkilotida (SHHT) kuzatuvchilardir.
Manbalar
tahrir- ↑ „The World Factbook“. 3-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2017-yil.
- ↑ „Pakistan - Early Foreign Policy“. 3-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2018-yil.
- ↑ „Iran - Relations with Regional Powers“. 3-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2018-yil.
- ↑ Max Fisher. „Iran is popular in Pakistan, overwhelmingly disliked everywhere else“. Washington Post (11-yanvar 2013-yil). 14-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Pakistan, Iran plan to take annual trade to $5b | The Express Tribune“. 31-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2018-yil.